Kontent qismiga oʻtish

Kandi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kandi (singal tilida Maxa-Nuvara —buyuk shahar) — Shri Lankadagi shahar. Maxaveli-Gang daryosi boʻyida. Markaziy provinsiyaning maʼmuriy markazi. Aholisi 105 ming kishidan ziyod (1990-yillaroʻrtalari). Temir yo'l stansiyasi. Kandi— choy plantatsiyalari rayonining muhim markazi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. Hunarmandchilik rivojlangan (bronzadan turli buyumlar yasaladi). Buddizm diniga eʼtiqod qiluvchilar ziyoratgohi: Zuba (Dalada Maligava) xrami, 13—18-asrlarga oid saroy va monastirlar sak,langan. Kandi yaqinida, Peradeniyada botanika bogʻi va Davlat universitetining bir necha fti bor. Kandi 15-asrdan 1815-yilgacha soʻnggi mustaqil singal davlati poytaxti boʻlgan. 12, 14, 18—19-asrlarda kurilgan meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Milliy muzey bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil