Kanada Arktika arxipelagi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kanada arktika arxipelagi - Shim. Muz okeanidagi yirik orollar guruhi, Shim. Amerikaning eng shim. sohili yaqinida, Kanadaga qarashli. Mayd. 1,3 mln. km2. Yirik o.lari: Baffin Yeri, Elsmir, Viktoriya. Materik sayozligida joylashgan. Relyefi, asosan, tekislikdan iborat, sharqiy qis-midagi togʻlarning eng baland joyi 2926 m (Elsmir o.da). Neft, tabiiy gaz, temir, mis rudasi konlari bor. Iqlimi keskin, arktika iklimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —23° dan —35° gacha, iyulniki 7—4°. Mutlaq minimum temperatura —50°. Yillik yogʻin janubi sharqida 400–450 mm, shim.da 100 mm. Koʻp yillik muz-loq yerlar, muzliklar bor. Muzliklar siljib, dengizga uzilib tushib turadi. Oʻsimlik dunyosi arktika sahrosi (shimolda) va mox-lishaynik tundrasidan (janubta) iborat. Orollarda shimol bugʻusi, oq ayiq, qutb tulkisi yashaydi. Yozda qushlar koʻp boʻladi. Aholi, asosan, bugʻuchilik, ovchilik, baliq ovlash bilan shugʻullanadi. Asosiy aholi punktlari: Frobisher-Bey, Keymbrij-Bey, Rezol yut.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |