Kampu-Grandi
Qiyofa
Kampu-Grandi - Braziliyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Matu-Grosudu-Sul shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 662,5 ming kishi (2000). Serradi-Marakaju tizmasining sharqiy yon bagrida joylashgan. Transport yoʻllari tuguni. Chorva mollari savdosi markazi. Qishloq xoʻjaligi yarmarkalari oʻtkaziladi. Oziqovqat, koʻn poyabzal, yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Universitet (1970), oʻlkashunoslik muzeyi bor. Shaharga 17-asr boshlarida asos solingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |