Kamondan otish
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kamondan otish - sport turi. Diametri 40—122 sm doyra nishonga 18–90 m uzoklikdan 30 yoki 36 tadan oʻq uzilib ochko toʻplanadi. K.o. 15-asrda Shveysariyada paydo boʻlgan. Musobaqalarning hozirgi qoidalari 19-asr oxirida ishlab chiqilgan. Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgandan soʻng (1900) koʻp mamlakatlarda keng tarqaldi. 1931-yildan jahon chempionati oʻtkaziladi. Xalqaro K.o. federatsiyasi (FITA, 1931-yil asos solingan)ga 127 ta milliy federatsiya aʼzo (2002), Oʻzbekiston K.o. federatsiyasi 1991-yilda kirgan. AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Polsha, Rossiya kabi davlatlarda K.o. keng yoyilgan. Oʻzbekistonda K.o. 20-asr ning 60-y.laridan ommalashdi. Respublikamizning Natalya Butuzova, Olga Rogova, Vadim Shikaryov, Surayyo Vakilova, Eldor Sayfullin, Zamir Axmedov kabi kamonchilari jahon, qitʼa chempionatlari va nufuzli musobaqalarda gʻalaba qozonishgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |