Kontent qismiga oʻtish

Kamiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kamiy
Tavalludi 1864-yil
Vafoti 1923-yil
Toshkent
Kasbi Shoir

Kamiy, Karimbek Kamiy (taxallusi; asl ismi: Karimbek Sharifbek oʻgʻli; 1864-yil, Toshkent — 1923-yil, Toshkent) – oʻzbek shoiri, maʼrifatparvar.

Karimbek Kamiy 1895-yil Toshkentda tavallud topgan. Dastlab Mansurxon domla qoʻl ostida, soʻng Toshkentdagi „Beklarbegi“ (yoki „Devonbegi“[1]) madrasasida oʻqigan. 1880–1916-yillarda shu madrasada mudarrislik qilgan. 1890-yilllardan shoir sifatida tanilgan, bayozlar tuzgan. Sidqiy Xondayliqiy, Hislat, Miskin, Tavallo kabi koʻpgina shoirlar Kamiyning shogirdlaridan boʻlgan. Oktyabr toʻntarishidan keyin „Turon“ kutubxonasida, savodsizlikni tugatish kurslarida ishlagan.

Kamiy mumtoz sheʼriyatning koʻpgina janr va mavzularida ijod qilgan. Muqimiy, Furqat bilan yaqin aloqada boʻlgan, mushoiralar qilgan. Kamiy ijodi murakkab, dunyoqarashi ziddiyatli. Koʻpchilik sheʼrlarida xalqni maʼrifatli boʻlishga daʼvat etgan („Temir yoʻl xususida“, „Dilki millat gʻamida qon oʻldi…“, "Soldi beilmlik xatolargʻa va boshqalar). XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Toshkentda nashr etilgan bayozlarning deyarli hammasida Kamiy sheʼrlari uchraydi. Ijodidan namunalar „Turkiston viloyatining gazeti“ va boshqa vaqtli matbuotda eʼlon qilingan.

Karimbek Kamiy 1922-yil Toshkentda vafot etadi[1].

  • Oʻzbek adabiyoti [4 jildli], 1-kitob, T., I960;
  • Tanlangan asarlar, T., 1966.
  • Jalolov A., Oʻzbek maʼrifatparvar-demokratik adabiyoti, T., 1978.
  1. 1,0 1,1 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.