Kontent qismiga oʻtish

Kalsiy karbonat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kaltsiy karbonat, СaСo3, -karbonat kislotaning kaltsiyli tuzi. Ok kristall modda. Tabiatda ikkita minerali: kalsit (boʻr, ohaktosh, marmar holida) va aragonit keng tarqalgan. Suvda yomon, kislotalarda yaxshi eriydi. Qizdirilganda suyuqlanmasdan kalsiy oksid (СaO) va karbonat angidridga (СO2) parchalanadi. Tabiiy K. k. ohak, shisha, linoleum olishda, kalsiyning boshqa birikmalarini sintez qilishda ishlatiladi. Sintetik usulda kalsiy xlorid va sodani oʻzaro taʼsir ettirish yuli bilan olingan K. k. qogʻoz va rezina ichida toʻldiruvchi sifatida, shuningdek, tish kukuni, оziq-ovqat binoni E 170 va kosmetik preparatlar tayyorlashda qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil