Kontent qismiga oʻtish

Kalsifir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kalsifir — kalsit yoki dolomit va ozroq miqdordagi silikatli minerallar (granat, piroksen, shpinel, olivin va b.)dan iborat metamorfik togʻ jinsi. Yuqori temperaturali sharoitlarda magnezial ohaktoshlarning qayta kristallanishidan vujudga keladi. Mineral tarkibi boʻyicha K. ohaktoshli (marmar) va magnezial skarnlar oʻrtasidagi oraliq holatni egallaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil