Kontent qismiga oʻtish

Kalorifer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kalorifer (lotincha calor — issiqlik va fero — eltaman) — ventilyasiya, havo bilan isitish tizimlari va quritgichlarda xavoni qizdirib beradigan asbob; tuzilishi rekuperativ havo qizdirgichga oʻxshash. Bunda havo issiqlik eltgich bilan qizdiriladi. Issiqlik eltgich turiga koʻra, K. suvli, bugʻli (keng tarqalgani), gazli, oʻt-havoli va elektr xillarga; tuzilishiga koʻra, plastinkali, kuvurli, spiral qovurgʻali, yaproqsimon va b. xillarga boʻlinadi. Plastinkali K. (radiator) keng tarqalgan boʻlib, unda issiklik eltgich (suv bugʻi yoki qaynoq suv) sirti plastinkali quvurdan oqadi va plastinkalar orasidagi havoni isitadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil