Kallamozor svitasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kallamozor svitasi - Oʻzbekiston jan. va jan.-gʻarbidagi oʻrta alb yotqiziqlari tarkibidagi stratigrafik birlik, oʻzbek olimlari O. M. Akram-xoʻjayev, O. Egamberdiyev va H. H. Mirkamolovlar tomonidan alohida svita qilib ajratilgan (1971). K.s. Sherobod yaqinidagi Kallamozor qishlogʻi nomi bilan atalgan, umumiy qalinligi 60— 68 m li alevrolit, qumtosh, giltosh va chigʻanoqli ohaktoshlardan tarkib topgan. Yotqiziklarda uchraydigan fauna qoldikdari (ammonitlar, peletsipodalar, foraminiferalar) K. s. oʻrta alb yoshiga taalluqli ekanidan dalolat beradi. Shim.ga tomon giltoshlar oʻrnini alevrolit va qumtoshlar egallab boradi. Bobotogʻ va Qarshitogʻ atroflarida qizil qumtosh va kvars gravelitlar bor. Muhim stratigrafik va litologik ahamiyatga ega.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |