Kallaklash
Qiyofa
Kallaklash — keksaygan meva daraxtlarini yoshartirish (hosil berish davrini uzaytirish), 6—10 yillik asosiy shoxlarni 1 —1,5 m yuqorisidan, ayrimlarini tanaga taqab kesish. Asosan, daraxtlarning tinim davri (fevral — mart)da oʻtkaziladi. Oʻrik, shaftoli, tut daraxtlarida yaxshi natija beradi. Poya olib turish uchun ekilgan tol va b. daraxtlar har 2—3 yilda erta bahorda, tut pilla qurti boqish uchun barg beradigan tut daraxtlari har yili kallaklab turiladi (yana q. Butash). [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |