Kaliy permanganat
Kaliy permanganat (Kalium permanganicum), margansovka, KMnO4 — antiseptik modda. Toʻq binafsha rangli yaltiroq kristall. Suvda yaxshi eriydi. Eritma qizgʻish-binafsha rangli. K.p. toʻqimalarga tushganida oʻzidan kislorod ajratib, burishtiruvchi, qitiqlovchi va kuydiruvchi taʼsir etadi, ayni vaqtda ajralib chiqayotgan kislorod hisobiga mikroblarga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Organik va anorganik kimyoda oksidlovchi, tibbiyotda suvdagi eritmasi yaralarni yuvish, ogʻiz va tomoqni chayish, ginekologiya hamda urologiya amaliyotida antiseptik vosita sifatida ishlatiladi.[1]
Fizik xossalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻrinishi: metall yarqiroqligiga ega boʻlgan toʻq binafsharangli kristallar. Nur sindirish koʻrsatkichi 1.59 ga teng(20C haroratda).
Suvda, suyuq ammiakda, atsetonda (2:100 nisbatda), metanolda, piridinda eriydi.
Molyar massasi — 158,034 g/mol
Zichligi — 2,703 g/sm3
Termodinamik xossalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Standart entalpiya H | −813,4 kJ/mol (t) (298 K haroratda) |
---|---|
Standart Gibbs energiyasi G | −713,8 kJ/mol (t) (298 K haroratda) |
Standart entropiya S | 171,71 J/(molK) (t) (298 K haroratda) |
Standart molyar issiqlik sigʻimi Cp | 119,2 J/(molK) (t) (298 K haroratda) |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |