Kalit
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kalit — 1) qulftl berkitish va ochish uchun ishlatiladigan tishli yoki oʻyiqli burash asbobi. Pishiq metalldan tishlari yoki oʻyiqlari qulf ariqchalari yoki chiqiqlariga tushadigan qilib tayyorlanadi. Har qaysi qulf va kalit bir-biriga moslanib, raqamlab qoʻyiladi. Shuning uchun bir qulfning K.i. boshqa qulfnikiga tushmaydi (qulfkalit iborasi shundan paydo boʻlgan); 2) biror mexanizmni burab yurgizish, ishga tushirish uchun ishlatiladigan metall asbob. Mas, burama (prujinali) soatlar, oʻyinchoklarning prujinasini burab taranglash uchun qoʻllanadi. Oʻyinchoqlarning K.i plastmassadan ham tayyorlanishi mumkin; 3) mashinasozlikda — gayka va boltlarni burab qattiqlash yoki boʻshatish uchun ishlatiladigan uzunchoq dastali va jagʻli metall asbob. Jagʻi gayka va bolt kallagining shakliga (necha qirraligiga) qarab ishlab chiqariladi. Mashinalarni yigʻish, qismlarga ajratish va taʼmirlashda ishlatiladi; 4) elektrotexnikada — boshqarish pultida elektr zanjirlarini ulash va uzish, kontaktlarni bir vaziyatdan ikkinchisiga oʻtkazish uchun ishlatiladigan dastaki moslama. Ikki yoki koʻp vaziyatli boʻlishi mumkin. K. dispetcherlik boshqarish pultlarida, avtomatika va telemexanika tizimlarda qoʻllanadi (yana q. Boshqarish pulti).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |