Kaliforniya qalqondori
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kaliforniya qalqondori (Quadraspidiotus perniciosus Comstock) — teng qanotli hartumlilar turkumining qalqondorlar oilasiga mansub hasharot. 1881 yilda D. Komstok tomonidan Kaliforniya (AQSH)da aniqlangan. Mevali, manzarali va bargli oʻrmon daraxtlarining karantin oʻta xavfli zararkunandasi. Urgʻochilari och sariq rangda, tanasi dumaloq. Tanasining ustki tomoni tuq kulrang , diametri 2 mm, qalqon bilan qoplangan. Ogʻiz organlari soʻruvchi, koʻzi, moʻylovi, oyogʻi va qanoti yoʻq, kam harakatchan. May—iyul oylarida bir urgʻochisi 200—500 ta tirik lichinka tugʻadi. Bir yilda 3 av-lod beradi. Koʻproq olma, nok, shaftoli, oʻrik, olxoʻriga qattiq zarar yetkazadi. Mevali daraxtlarga tushib, poʻstlogʻi, novdasi, bargi va mevalarini zararlaydi. Asosan, zararlangan mevalarda yoki novdalarda qizgʻish dogʻlar paydo boʻladi, poʻstloq yoriladi, bargi toʻkilib, daraxt qurib qoladi. Oʻzbekiston hududiga 1964 yilda koʻchatlar bilan kelib qolgan. Deyarli hamma viloyatlarda uchraydi. Biologik kurashda xonqizi va xalsid parazitlardan foydalaniladi. Eng samarali usuli, meva daraxtlariga gullashdan oldin erta bahorda №30 preparati (40—100 l/ga) yoki guli tushganidan keyin BI-58 preparati (0,8—2,0 l/ga), oʻsuv davrida karbofos (1,0—3,0 l/ga) purkaladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Konstantinova G. M., Ko-zarjevskaya E. F., Kaliforniyskaya shitovka, M., 1990.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |