Kalidou Koulibaly
Kalidou Koulibaly (talaffuzi: Kalidu Kulibali; 1991-yil 20-iyun kuni Fransiyaning Sent-Die-des-Vosges shahrida tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, „Chelsea“ futbol klubi himoyachisi va Senegal terma jamoasi sardori. 2018—2022-yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Kalidou Koulibaly | ||
Tavallud sanasi | 20-iyun 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Saint-Dié-des-Vosges, Fransiya | ||
Boʻyi | 1.86 m | ||
Ampluasi | himoychi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Chelsea | ||
Raqami | 26 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1999—2003 | Saint-Dié | ||
2003—2006 | Metz | ||
2006—2009 | Saint-Dié | ||
2009—2010 | Metz | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009—2011 | Metz II | 31 | (2) |
2010—2012 | Metz | 41 | (1) |
2012—2014 | Genk | 64 | (3) |
2014—2022 | Napoli | 236 | (13) |
2022— | Chelsea | 9 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2011—2012 | Fransiya U20 | 11 | (0) |
2015— | Senegal | 67 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (12-noyabr uchun) |
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faoliyatining boshida Kalidou Koulibaly oʻzining „Saint-Dié“ futbol klubining yoshlar jamoasida oʻynagan. Keyinchalik Fransiya havaskorlar chempionatida 2 mavsumni ushbu klubning asosiy jamoasida oʻtkazgan. Shundan keyin 2009-yil 1-iyulda „Metz“ professional futbol klubining yoshlar akademiyasi jamoasiga qoʻshilgan[1].
2012-yil 29-iyun kuni Kalidou Koulibaly Belgiyaning „Genk“ jamoasiga o‘tib, to‘rt yillik shartnoma imzolagan[2]. 2012-yilning 23-avgustida Kalidou Koulibaly yangi jamoasi safida UEFA Yevropa ligasi doirasidagi „Luzern“ futbol klubiga qarshi o‘yinda debyut qilgan[3]. 26-avgust kuni „Zulte Waregem“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[4]. 23-dekabr kuni „Anderlecht“ futbol klubiga qarshi bahsda Kalidou Koulibaly yangi jamoasi safida ilk golini urgan[5]. 2013-yilda Kalidou klubga Belgiya kubogini yutishda yordam bergan.
2022-yilning 16-iyulida u Angliyaning „Chelsea“ futbol klubiga o‘tib, to‘rt yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 40 million yevroni tashkil qilgan[6]. 6-avgust kuni „Everton“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Angliya premyer ligasida debyut qilgan[7]. 14-avgust kuni „Tottenham“ futbol klubiga qarshi bahsda Kalidou Koulibaly „Chelsea“ safidagi ilk golini urgan[8].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilda Kalidou Koulibaly Fransiya yoshlar terma jamoasining Kolumbiyadagi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun arizasiga kiritilgan[9][10][11]. Turnirda u Kolumbiya, Janubiy Koreya, Mali, Nigeriya, Portugaliya va Meksika terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[12][13][14].
2015-yilda Kalidou Koulibaly oʻzining vatani Senegal terma jamoasida oʻynash taklifini olgan va uni qabul qilgan. 8-sentyabr kuni Janubiy Afrikaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida u Senegal terma jamoasi safida debyut qilgan[15].
2017-yilda Kalidou Koulibaly Gabonda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan[16][17]. Turnirda u Zimbabve, Tunis va Kamerun terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[18].
2018-yilning may oyida Kalidou Koulibaly Rossiyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga chaqirilgan[19][20]. Turnirda senegalliklar saralash bosqichining barcha uchta o‘yinini Polsha terma jamoasi, Yaponiya terma jamoasi va Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan, ammo yakunda Senegal turnirdan chetlashtirilgan[21][22].
2019-yilda Kalidou Koulibaly ikkinchi marta Misrda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan[23][24][25]. Turnirda u Tanzaniya, Jazoir, Keniya, Tunis, Benin va Uganda terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[26][27][28].
2022-yil 11-noyabrda u Senegal terma jamoasining Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022 o‘yinlarida ishtirok etish uchun rasmiy tarkibga kiritilgan[29]. 2022-yilning 29-noyabr kuni guruh bosqichining uchinchi o‘yinida Ekvador terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, terma jamoadagi ilk golini kiritgan.
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga kubogi | Milliy kubok | Xalqaro turnir | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
F. C. Metz Fransiya | 2010—2011 | 19 | 1 | 2 | 0 | — | 21 | 1 | |
2011—2012 | 22 | 0 | 3 | 0 | — | 25 | 0 | ||
Jami | 41 | 1 | 5 | 0 | 0 | 0 | 46 | 1 | |
K. R. C. Genk Belgiya | 2012—2013 | 31 | 1 | 6 | 0 | 9 | 0 | 46 | 1 |
2013—2014 | 33 | 2 | 4 | 0 | 9 | 0 | 46 | 2 | |
Jami | 64 | 3 | 10 | 0 | 18 | 0 | 92 | 3 | |
S. S. C. Napoli Italiya | 2014—2015 | 27 | 1 | 3 | 0 | 9 | 0 | 39 | 1 |
2015—2016 | 33 | 0 | 2 | 0 | 7 | 0 | 42 | 0 | |
2016—2017 | 28 | 2 | 2 | 0 | 8 | 0 | 38 | 2 | |
2017—2018 | 35 | 5 | 2 | 0 | 8 | 0 | 45 | 5 | |
2018—2019 | 35 | 2 | 2 | 0 | 11 | 0 | 48 | 2 | |
2019—2020 | 25 | 0 | 2 | 0 | 7 | 0 | 34 | 0 | |
2020—2021 | 26 | 0 | 4 | 1 | 7 | 0 | 37 | 1 | |
2021—2022 | 23 | 2 | 0 | 0 | 7 | 0 | 30 | 2 | |
Jami | 232 | 12 | 17 | 1 | 64 | 0 | 313 | 13 | |
Chelsea F. C. Angliya | 2022—2023 | 9 | 1 | 1 | 0 | 4 | 0 | 14 | 1 |
Jami | 9 | 1 | 1 | 0 | 4 | 0 | 14 | 1 | |
Umumiy faoliyatida | 346 | 17 | 33 | 1 | 86 | 0 | 465 | 18 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „KOULIBALY, LE JOUR D’APRÈS“ (fr). republicain-lorrain.fr. 2010-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.
- ↑ „Kalidou Koulibaly is van Genk“ (en). gva.be (2012-yil 29-iyun). 2012-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
- ↑ „Luzern 2-1 Genk“ (en). soccerway.com (2012-yil 23-avgust). 2018-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
- ↑ „Генк VS. Зюльте-Варегем 2:0“ (ru). soccerway.com (2012-yil 26-avgust). 2013-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-fevral.
- ↑ „Генк VS. Андерлехт 2:4“ (ru). soccerway.com (2012-yil 23-dekabr). 2015-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-fevral.
- ↑ „Kalidou Koulibaly: Chelsea complete deal for Napoli centre back“. Sky Sports (2022-yil 16-iyul). Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
- ↑ „Эвертон VS. Челси 0:1“ (en). soccerway.com (2022-yil 6-avgust).
- ↑ „Челси VS. Тоттенхэм Хотспур 2:2“ (en). soccerway.com (2022-yil 14-avgust).
- ↑ „Колумбия (до 20) VS. Франция (до 20) 4:1“ (ru). soccerway.com (2011-yil 31-iyul). 2015-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-fevral.
- ↑ „Франция (до 20) VS. Южная Корея (до 20) 3:1“ (ru). soccerway.com (2011-yil 3-avgust). 2015-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-fevral.
- ↑ „Франция (до 20) VS. Нигерия (до 20) 3:2“ (ru). soccerway.com (2011-yil 14-avgust). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-fevral.
- ↑ „Франция (до 20) VS. Мали (до 20) 2:0“ (ru). soccerway.com (2011-yil 6-avgust). 2015-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-fevral.
- ↑ „Франция (до 20) VS. Португалия (до 20) 0:2“ (ru). soccerway.com (2011-yil 18-avgust). 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-fevral.
- ↑ „Франция (до 20) VS. Мексика (до 20) 1:3“ (ru). soccerway.com (2011-yil 21-avgust). 2014-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-fevral.
- ↑ „ЮАР VS. Сенегал 1:0“ (ru). soccerway.com (2015-yil 8-sentyabr). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
- ↑ „Сенегал VS. Зимбабве 2:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 19-yanvar). 2018-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-aprel.
- ↑ „Тунис VS. Сенегал 0:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 15-yanvar). 2018-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-aprel.
- ↑ „Сенегал VS. Камерун 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 28-yanvar). 2018-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-aprel.
- ↑ „REVEALED: EVERY WORLD CUP 2018 SQUAD - FINAL 23-MAN LISTS“ (en). Goal.com (2018-yil 1-iyun). 2019-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
- ↑ „Сенегал 0-1 Колумбия“ (ru). sports.ru (2018-yil 28-iyun). 2018-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-iyun.
- ↑ „Сенегал 2-2 Япония“ (ru). sports.ru (2018-yil 24-iyun). 2018-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
- ↑ „Сенегал 2-1 Польша“ (ru). sports.ru (2018-yil 19-iyun). 2018-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
- ↑ „Сенегал VS. Алжир 0:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 27-iyun).
- ↑ „Сенегал VS. Танзания 2:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 23-iyun).
- ↑ „Сенегал VS. Бенин 1:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 10-iyul).
- ↑ „Сенегал VS. Тунис 1:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 14-iyul).
- ↑ „Кения VS. Сенегал 0:3“ (en). soccerway.com (2019-yil 1-iyul).
- ↑ „Уганда VS. Сенегал 0:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 5-iyul).
- ↑ „ALIOU CISSE REVEALS THE 26 LIONS FOR QATAR“ (en). Сенегальская федерация футбола (2022-yil 11-noyabr). 2022-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.