Kontent qismiga oʻtish

Kakra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kakra (Acroptilon repens) — qoqioʻtdoshlar (murakkabguldoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 60—100 sm. Poyasi sershox, serbarg . Barglari dagʻal, nashtarsimon, pastkilarining cheti arra tishli, baʼzan kesik, yuqoridagilari maydaroq, cheti tekis. Gullari pushti, oq, havorang . Urugʻi mayda, Yoz oʻrtalarida gullab, urugʻlaydi. Toshloq va shoʻrxok yerlarda, togʻ yon bagʻirlarida, yoʻl yoqalarida, hamma ekinlar orasida oʻsadi, qurgʻoqchilikka chidamli. Oʻrta Osiyoda, Qozogʻistonda, Kavkazda koʻp tarqalgan. K. xashakka aralashsa (ayniqsa, gullagan vaqtida) mollar zaharlanishi mumkin. Tarkibida alkaloidlar, oshlovchi va 6. moddalar bor. Kurash choralari: yerni chuqur haydash, gerbitsidlar va b. sepish. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil