Kontent qismiga oʻtish

Kadyak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kadyak

Geografiya
Maydoni 9310 va 3595,09 km2
Dengiz sathidan balandligi 4469 va 1362,2 m.
Ma'muriyat
Davlat AQSh
Mintaqa Alyaska
Demografiya
Aholisi 13 592
Qo'shimcha ma'lumot

Kadyak, Kodyak — Tinch okeandagi orol, Alyaska (AQSH) ning jan. qirgʻoqlari yaqinida. Materikdan Shelixov boʻgʻozi orqali ajralgan. Mayd. 9,5 ming km2. Qirgʻoqlari notekis, ford koʻp. Relyefi togʻlik (eng baland joyi 1353 m). Katmay vulkani otilishi (1912) natijasida yer yuzasi vulkan kullari bilan qoplangan (baʼzi joylarda qalinligi 6 m ga yetadi). Oʻsimlik dunyosi, asosan, baland boʻyli oʻtlardan iborat, oʻrmonlar uchraydi. Kadyak fauna rezervati tashkil etilgan. Qirgʻoq yaqinidagi suv baliqqa boy. Baliq ovlanadi. Asosiy aholi punkti — Kadyak. Orol 1763-yil rus dengizchisi S. Glotov tomonidan kashf etilgan.

[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil