Kontent qismiga oʻtish

Kadetlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kadetlar (frans. cadet — kichik soʻzidan) — I) oʻrta asrlarda Fransiya va Prussiyada ofitserlikka erishguncha oddiy askar boʻlib xizmat qiluvchi yosh dvoryanlar; 2) 1917-yilga qadar Rossiya hamda baʼzi chet davlatlarda kadet korpuslari talabalarining unvoni. Buxoro amirligining valiaxdi Olimxon Peterburgdagi Nikolayev kadet (pajlar) korpusida harbiy taʼlim olgan (1893—96). 20-asrning 80-y.larida esa (AQSH, Fransiya va b. davlatlar) harbiy oʻquv yurtlari kursantlarining unvoni boʻlgan. Xoz. paytda Rossiya Federatsiyasida kadet korpuslari qayta tiklandi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil