Kontent qismiga oʻtish

K2so3

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

K2so3 — rangeiz kristall modda. zichligi 2,44 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 89,4°.

Kuchli namiqadi. Suvda yaxshi (20° temperaturada 100 g suvda 113,5 g) eriydi, eritmasi ishqoriy muhitga ega. K.k. qadimdan daraxt va oʻtlar kulidan olib kelingan. Sanoatda, asosan, kaliyning tabiiy tuzlaridan olinadi (qarang Kaliyli tuzlar), shuningdek, nifelinni qayta ishlab giltuproqqa aylantirishda hosil boʻladi. Optik shisha i.ch.da komponent, gazlarni N,8dan tozalashda yutuvchi, suvsizlantiruvchi agent, sovun i.ch., fotografiyada, kaliyli oʻgʻit sifatida ishlatiladi. Oʻgʻit tarzida kam qoʻllanadi. Tuproq zarrachalariga mahkam yopishib, ishqoriy muhitni vujudga keltiradi. Kaliyli oʻgʻitlar sifatida, asosan yerga kuzgi ishlov berishda muhiti nordon hamda xlor bilan shoʻrlangan tuproqlarga solinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil