Joynamoz
Joynamoz — namoz o‘qiladigan to‘shama. Joynamoz ibodat vaqtida kishini bu dunyodan ajratuvchi omil, deb tasavvur qilinadi. Joynamoz turli matodan tayyorlanadi. Joynamozning bosh tomoniga burchak (mehrob) shakli tikilgan bo‘ladi. Katta-kichikligi har xil. Namoz o‘qishda o‘rni kelganda pokiza gilam yoki chopon, qiyiqcha kabilardan ham foydalanish mumkin. Joynamoz ustida namoz o‘qish ilk islom davrida keng tarqalmagan, balki yerda, bo‘yrada ham namoz o‘qilavergan. Hozirda Joynamoz keng ko‘lamda qo‘llanishidan qatʼi nazar, zarurat taqozo qilgan paytlarda pok tuproq yoki o‘tloq ustida ibodat qilish mumkinligi nazarda tutilishi lozim. Joynamoz tayyorlash — musulmon mamlakatlarda amaliy sanʼatning anʼanaviy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Joynamozdan asosiy maqsad namoz o‘qiladigan joy pokiza bo‘lishini taʼminlashdan iborat.
Joynamoz ustida namoz oʻqish ilk islom davrida keng tarqalmagan, yerda, boʻyrada ham oʻqilavergan. Joynamoz boʻlmagan taqdirda turli pokiza buyumlar (chopon, roʻmol, sholcha, qiyiq, mato va b.)dan joynamoz sifatida foydalanish mumkin. Hozirda joynamoz keng koʻlamda qoʻllanilishidan qatʼi nazar, zarurat taqozo qilgan paytlarda pok tuproq yoki oʻtloq ustida ibodat qilish mumkinligi nazarda tutilishi lozim. Joynamoz atamasi Qurʼonda tilga olinmagan.
Joynamoz tayyorlash musulmon mamlakatlarida amaliy sanʼatning anʼanaviy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Joynamoz matodan toʻrtburchak shaklida tayyorlanadi, kashtalar tikib bezatiladi. Kashta mujassamoti mehrob shaklida hoshiyalangan islimiy naqshlardan iborat. Matodan bezaksiz tayyorlangan joynamozning bosh tomoniga ramziy mehrob shakli tikiladi, namoz oʻqish paytida bu shakl Makka (qibla) tomonga qaratiladi. Hozirgi paytda turli hajmda gilam joynamozlar ham tayyorlanmoqda.[1]