José Miguel Cubero
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | José Miguel Cubero Loría | ||
Tavallud sanasi | 14-fevral 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Sarchí, Alajuela, Kosta-Rika | ||
Boʻyi | 1.78 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Alajuelense | ||
Raqami | 33 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006-2014 | Herediano | 134 | (16) |
2009 | → Puntarenas (Ijara) | 17 | (0) |
2014-2016 | Blackpool | 19 | (0) |
2016-2017 | Herediano | 58 | (4) |
2017 | Alcoyano | 7 | (0) |
2018- | Alajuelense | 124 | (9) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2010- | Kosta-Rika | 53 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 5-oktyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 26-mart uchun) |
Jose Miguel Cubero Loria (1987-yil 14-fevralda tugʻilgan) — Kosta-Rikalik futbolchi, Liga Deportiva Alajuelense va Kosta- Rika milliy futbol jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[1].
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kubero Sarchi shahrida tugʻilgan. U Herediano uchun professional debyutini 2006-yilning 26-martida Santakrusenyaga qarshi oʻtkazgan va 2009-yilda Puntarenasda ijara asosida oʻynagan. U 2013-yilning aprel oyida Herediano bilan shartnomani uch yilga uzaytirgan[2].
2014-yil 31-iyulda Cubero Chempionship jamoasi Blackpool bilan yana 12 oylik shartnoma imzolagan[3]. U " Blackpool "dagi debyutini 27-sentyabr kuni " Norvich City "ga qarshi oʻyinda (3:1) oʻtkazgan. 2015-yilning avgust oyida Blackpool MLS klubi Sietl Soundersdan Kubero boʻyicha taklifni rad etgani va ular uning shartnomasini 12 oyga uzaytirishini daʼvo qilingan edi[4].
2017-yil 31-iyulda u CD Alcoyano bilan shartnoma imzolagan[5].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 2007-yilda Kanadada oʻtkazilgan FIFA U-20 Jahon chempionatida ishtirok etgan.
Cubero Kosta-Rika terma jamoasi safida debyutini 2010-yil avgust oyida Paragvayga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan[6]. U oʻz mamlakatini FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi 9 ta oʻyinda himoya qilgan va 2014-yilgi FIFA Jahon kubogi, 2011-yilgi Centroamericana kubogi hamda 2011-yilgi Amerika Kubogi[7]da oʻynagan. 2011-yilgi KONKAKAF Oltin kubogida ham ishtrok etgan.
Cubero Kosta-Rika terma jamoasi bilan 53 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan[8]. Ulardan biri 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida El Salvadorga qarshi oʻyin vaqtida urilgan, bu Kosta-Rikaliklarga muhim gʻalabani keltirgan. Cubero bu gʻalabani faoliyatidagi eng muhim gʻalaba deb hisoblaydi[9][10].
Kosta-Rika futbol boʻyicha 2014-yilgi Jahon chempionati chorak finalida Gretsiyani magʻlub etganidan soʻng, Cubero qattiq yigʻlagan. Ueylon Frensis esa u bilan birga „¡Llore conmigo, papi!“ deb baqirib bayramni nishonlamoqchi boʻlgan. („Men bilan yigʻla, dada!“), bu ibora hozir Kosta-Rikada mashhur[11].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]=== Klub ===; Alajuelense
- Liga FPD : Apertura 2020
- KONKAKAF ligasi : 2020
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Profile“. Goal.com. Qaraldi: 9-iyun 2011-yil.
- ↑ „José Miguel Cubero se queda en Herediano tres años“ (es). Al Dia (25-aprel 2013-yil).
- ↑ „Blackpool agree deal for Cubero“.
- ↑ O'Rourke. „Blackpool snub approach from Seattle Sounders for Jose Manuel Cubero“. HITC (6-avgust 2015-yil).
- ↑ Seserino. „El Alcoyano ficha al internacional de Costa Rica José Miguel Cubero“. Información (1-avgust 2017-yil).
- ↑ „Paraguay derrota 2-0 a Costa Rica en partido amistoso“ (es). La Nación (11-avgust 2010-yil). Qaraldi: 27-mart 2022-yil.
- ↑ Copa América 2011 — RSSSF
- ↑ „Costa Rica - J. Cubero - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“. Soccerway. Qaraldi: 27-mart 2022-yil.
- ↑ Rodríguez, Paulo. „“Es el gol más importante” | José Miguel Cubero, seleccionado nacional | Diario Al Día“ (es). Al Día (14-oktabr 2012-yil). 26-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-mart 2022-yil.
- ↑ „Tigo Sports on Twitter“ (en). Twitter. Qaraldi: 27-mart 2022-yil.
- ↑ Erickson, Andrew. „Crew Cuts: Francis' famous World Cup line parodied in Costa Rican commercial“ (en). The Columbus Dispatch (1-iyun 2017-yil). 2020-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2022-yil.