Jorge Masvidal
Jorj Masvidal (inglizcha: Jorge Masvidal) 1984-yil 12-noyabrda Mayamida dunyoga kelgan. Jorj Masvidal amerikalik aralash uslubdagi jangchi, yengil va yarim oʻrta vazn toifalari vakili. U 2003-yildan buyon professional darajadagi musobaqalarda ishtirok etib, UFC, Bellator, Strikeforce, World Victory Road va boshqalar kabi jangovar tashkilotlarning turnirlarida ishtirok etishi bilan tanilgan. 2022-yil 23-avgust holatiga koʻra UFCning yarim oʻrta vazndagi rasmiy reytingida 9-oʻrinni egallab turibdi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jorj Masvidal 1984-yil 12-noyabrda Florida shtatining Mayami shahrida otasi kubalik va onasi perulik oilada tugʻilgan. Bolaligidan u koʻcha janglarini yaxshi koʻrardi va oʻn toʻrt yoshidan boshlab u koʻcha janglarida qatnasha boshlagan. YouTube platformasida uning janglari haqida koʻplab havaskorlar yozuvlari mavjud. Oʻrta maktabda oʻqiyotganda, Jorj Masvidal kurash bilan jiddiy shugʻullangan, ammo turmush tarzi tufayli u oʻqishini tugatolmagan va professional jangchi boʻlishga qaror qilgan[2].
Professional karerasining boshlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 2003-yilning may oyida professional aralash yakkakurashlar boʻyicha debyut qilgan va birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratgan. U Fort-Loderdeyldagi jangovar karerasini mahalliy kichik Absolute Fighting Championship promoushinida boshlagan. Jorj Masvidal u yerda jami ettita gʻalaba qozondi va boʻsh oʻrta vazn toifasida chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. U faoliyatidagi ilk magʻlubiyatini 2005-yilning aprel oyida qabul qilgan[3].
2006—2007-yillarda BodogFIGHT tashkilotidagi uchta jangda gʻalaba qozongan. 2008-yilda u Yaponiyada „World Victory Road“ katta promoushinida muvaffaqiyatli jang qildi ammo, u yerda braziliyalik Rodrige Dammga yutqazdi. Keyin yengil vazn toifasidagi gran-prisi zaxira janglarida Rayan Shults va Pan Tae Xyunni magʻlub etgan.
Bellator
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yilda Masvidal Amerikaning yangi tashkil etilgan „Bellator“ tashkilotiga qoʻshildi va oʻzining birinchi turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Birinchi Bellator yengil vazn Gran-prisining qur’a tashlash marosimida qatnashdi, lekin bu yerda faqat yarim finalga chiqa olgan. Jorj Masvidal Tobi Imada bilan duelda hushini yoʻqotib, texnik taslim boʻlgan. Keyinchalik, bu ogʻriqli ushlab turish Sherdog va MMA Junkie portallari tomonidan yilning eng yaxshi siqishi deb tan olingan[4].
Strikeforce
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yildan beri Masvidal vaqti-vaqti bilan „Strikeforce“ turnirlarida oʻynadi, 2011-yilda u ushbu tashkilot bilan faol hamkorlik qila boshladi va tez orada oʻsha paytda Gilbert Melendezga tegishli boʻlgan yengil vazn toifasida chempionlik unvoniga qarshi chiqish huquqini qoʻlga kiritdi. Ular oʻrtasidagi chempionlik toʻqnashuvi barcha ajratilgan besh raund davom etdi, natijada hakamlar bir ovozdan Melendezga chempionlik kamarini saqlab qolish haqida qaror qabul qilishgan[5][6].
Ultimate Fighting Championship
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jorj Masvidal keyingi bir necha yil davomida UFC bilan eksklyuziv shartnoma tuzdi va bu yerda yengil va yarim oʻrta vazn toifalarida dunyoning eng kuchli jangchilari bilan uchrashdi. Shunday qilib, 2013-yilda u rossiyalik Rustam Habilovga qarshi oktagonga chiqdi va bir ovozdan qaror bilan unga yutqazib qoʻygan boʻlsa-da, oqshomning eng yaxshi jangi uchun bonusni qoʻlga kiritgan[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „UFC Rankings | UFC.com“. ru.ufc.com. 2021-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-may.
- ↑ „Jorge Masvidal - Official UFC® Fighter Profile“ (en). www.ufc.com. 2018-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Jorge Masvidal vs Joe Lauzon Fight Result AFC 12 - Absolute Fightin...“. www.mma-core.com. 2020-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Jorge Masvidal signs with the Bellator Fighting Championships“. Five Ounces of Pain. 2016-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.
- ↑ „Strikeforce official confirms Jorge Masvidal has signed new six-fight deal“ (en). MMAjunkie (2010-yil 13-sentyabr). 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.
- ↑ „'Strikeforce: Melendez vs. Masvidal' results: Champ Melendez shuts out Masvidal“ (en). MMAjunkie (2011-yil 18-dekabr). 2017-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.
- ↑ Staff. „UFC Fight Night 31 bonuses: Kennedy, Chiesa, Khabilov, Masvidal win $50,000“. MMAjunkie.com. 2013-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-noyabr.