Joonas Kolkka
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Joonas Einari Kolkka | ||
Tavallud sanasi | 28-sentyabr 1974-yil | ||
Tavallud joyi | Lahti, Finlandiya | ||
Boʻyi | 1.74m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Reipas Lahti | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1991—1993 | Reipas Lahti | 34 | (19) |
1993—1995 | MyPa | 43 | (17) |
1996—1998 | Willem II | 68 | (16) |
1998—2001 | PSV | 78 | (10) |
2001—2003 | Panathinaikos | 45 | (3) |
2003—2004 | Borussia M’gladbach | 28 | (2) |
2004—2005 | Crystal Palace | 26 | (3) |
2005—2006 | ADO Den Haag | 31 | (8) |
2006—2007 | Feyenoord | 22 | (3) |
2007—2011 | NAC Breda | 113 | (8) |
Milliy terma jamoa | |||
1994—2010[1] | Finlandiya | 98 | (11) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Joonas Einari Kolkka (talaffuzi: Yoonas Kolkka; 1974-yil 28-sentyabrda tugʻilgan) — Finlandiyalik nafaqadagi professional futbolchi, faoliyatining asosiy qismida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan. Finlandiya, Gollandiya, Gretsiya, Germaniya, Angliya va AQShning bir qancha klublarida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lahti shahrida tugʻilgan Kolkka oʻz faoliyatini Finlandiyaning Veikkausliiga shahrida Reipas Lahti va MyPa klublari bilan boshlagan. 1995-yilda MyPa bilan Finlandiya kubogini yutgan, oʻsha yili Gollandiyaning Willem II jamoasiga qoʻshildi. 1998-yilda Kolkka 4 yillik shartnoma asosida Gollandiyaning PSV Eindhoven klubiga oʻtdi[2]. PSVda ikki marta liga chempionligini qoʻlga kiritdi va UEFA Chempionlar ligasida oʻynashga muvaffaq boʻldi. 2001-yilda Gretsiyaning Panatinaikos jamoasiga oʻtdi va ikki mavsum oʻynadi. Gretsiyani tark etgach, Kolkka Germaniya Bundesligasining Borussia Mönchengladbach va Angliya premyer-ligasining Crystal Palace klublarida bir mavsumdan oʻynadi. Klubdagi faoliyati davomida „Enfild“[3] va „Old Trafford“da[4] ham gol urdi[5]. 2005-yilda erkin agent boʻldi. Niderlandiyaga qaytib, ADO Den Haag bilan bir yillik shartnoma imzoladi. ADOdagi bir mavsumdan soʻng, 2006-yilning yozida Gollandiyaning Feyenoord jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Shartnoma muddati tugaganidan keyin 2011-yil yozigacha NAC Breda safida oʻynadi. 2011-yilda oʻzining sobiq klubi Willem II bilan shartnoma imzoladi. Jamoada oʻyinchi va klubning savdo menejeri sifatida ishladi.
2012-yil 4-may kuni Kolkka Amerika futbolining uchinchi darajasidagi Texas Dutch Lions bilan uch oylik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. Klubdagi shartnomasi tugaganidan soʻng, Kolkka Gollandiyaga qaytib, sobiq klubi PSVda yoshlar murabbiyi sifatida ishladi.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kolkka Finlandiya terma jamoasidagi debyutini 1994-yilning 26-oktabrida Estoniyaga qarshi o‘yinda o‘tkazgan. 2010-yilgacha Finlandiyaninig asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Finlandiya | 1994-yil | 2 | 1 |
1995-yil | 2 | 1 | |
1996-yil | 5 | 1 | |
1997-yil | 2 | 0 | |
1998-yil | 7 | 1 | |
1999-yil | 7 | 2 | |
2000-yil | 6 | 0 | |
2001-yil | 6 | 2 | |
2002-yil | 7 | 1 | |
2003-yil | 9 | 2 | |
2004-yil | 9 | 0 | |
2005-yil | 4 | 0 | |
2006-yil | 8 | 0 | |
2007-yil | 9 | 0 | |
2008-yil | 7 | 0 | |
2009-yil | 7 | 0 | |
2010-yil | 1 | 0 | |
Jami | 98 | 11 |
- Ballar va natijalar birinchi boʻlib Finlandiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Kolkka golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.[7]
Yoʻq. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 1994-yil 26-oktyabr | Tallin, Estoniya | Estoniya | 7—0 | Doʻstona | |
2 | 1995-yil 16-fevral | Trinidad, Trinidad va Tobago. | Trinidad va Tobago | 2—2 | Doʻstona | |
3 | 1996-yil 6-oktyabr | Xelsinki, Finlandiya | Shveysariya | 2—3 | 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi | |
4 | 1998-yil 5-sentyabr | Xelsinki, Finlandiya | Moldova | 3—2 | UEFA Yevro-2000 saralashi | |
5 | 1999-yil 9-oktyabr | Xelsinki, Finlandiya | Shimoliy Irlandiya | 4—1 | UEFA Yevro-2000 saralashi | |
6 | ||||||
7 | 2001-yil 15-avgust | Xelsinki, Finlandiya | Belgiya | 4—1 | Doʻstona | |
8 | 2001-yil 5-sentyabr | Xelsinki, Finlandiya | Gretsiya | 5—1 | 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi | |
9 | 2002-yil 27-mart | Portu, Portugaliya | Portugaliya | 4—1 | Doʻstona | |
10 | 2003-yil 7-iyun | Xelsinki, Finlandiya | Serbiya va Chernogoriya | 3—0 | UEFA Yevro-2004 saralashi | |
11 | 2003-yil 11-oktyabr | Tampere, Finlandiya | Kanada | 3—2 | Doʻstona |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]MyPa
- Finlandiya kubogi: 1995 yil
PSV
- Eredivizion: 1999-2000, 2000—2001
Finlandiya
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Joonas Kolkka - International Appearances“. The Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. Qaraldi: 2012-yil 3-may.
- ↑ Damström, Annika. „Joonas Kolkan uudeksi seuraksi PSV Eindhoven“ (fi). Helsingin Sanomat (1998-yil 16-fevral). Qaraldi: 2022-yil 19-may.
- ↑ „Liverpool 3–2 Crystal Palace“. BBC (2004-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2009-yil 5-noyabr.
- ↑ „Man Utd 5–2 Crystal Palace“. BBC (2004-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2009-yil 5-noyabr.
- ↑ „Crystal Palace 3–3 Norwich“. BBC (2005-yil 16-aprel). Qaraldi: 2009-yil 5-noyabr.
- ↑ „Kolkka Joonas“ (Finnish). palloliitto.fi. 2012-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-mart.
- ↑ „Kolkka Joonas“ (Finnish). Suomen Palloliitto (Football Association of Finland). 2011-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-avgust.
- ↑ „Finland-Norway|Line-ups|“. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
- ↑ „Tournament table“. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.