Jonathan Osorio (futbolchi)
Jonathan Osorio (talaffuzi: Jonatan Osorio; 1992-yil 12-iyunda Kanadaning Toronto shahrida tugʻilgan) — kanadalik futbolchi, „Toronto“ futbol klubi va Kanada terma jamoasi yarim himoyachisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jonathan Osorio | ||
Tavallud sanasi | 12-iyun 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Toronto, Kanada | ||
Boʻyi | 1.75 | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Toronto FC | ||
Raqami | 21 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002—2007 | Brampton Youth SC | ||
2008—2010 | Clarkson Sheridan SC | ||
2010—2012 | Nacional | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012 | SC Toronto | 17 | (11) |
2013— | Toronto FC | 259 | (42) |
Milliy terma jamoa | |||
2011 | Kanada U20 | 3 | (0) |
2013— | Kanada | (7) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 17-sentyabr uchun) |
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jonathan Osorio „Toronto“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yilning 9-martida u MLSdagi debyutini „Sporting Kansas City“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan[1]. 30-mart kuni „Los Angeles Galaxy“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Jonathan Osorio „Toronto“ futbol klubi safida birinchi golini urgan[2]. Mavsum yakunlangach, Jonathan Angliyaning „Huddersfield Town“ va Germaniyaning „Werder Bremen“ jamoalarida mashgʻulotlar olib borgan[3][4]. 2017-yilda Jonathan Osorio MLS kubogini qoʻlga kiritgan[5][6]. 2018-yilgi CONCACAF Chempionlar Ligasida Jonathan Osorio „Colorado Rapids“ futbol klubiga, shuningdek, Meksikaning „UANL Tigres“, „Amerika“ va „Guadalajara“ futbol klubiga qarshi oʻyinlarda urgan toʻrtta gollari bilan eng yaxshi toʻpurar sifatida „Oltin butsa“ni qoʻlga kiritgan[7][8][9]. 2018-yilning 30-avgustida u „Toronto“ futbol klubi bilan shartnomasini bir necha yilga uzaytirgan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilda Jonathan Osorio Gvatemalada boʻlib oʻtgan CONCACAF yoshlar chempionatida Kanada yoshlar jamoasi tarkibida oʻynagan[10][11]. Turnirda u Gvadelupa, Kosta-Rika va Meksika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[12].
2013-yil 29-mayda Kosta-Rikaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Jonathan Osorio Kanada terma jamoasi safida debyut qilgan[13]. 2013-yilda Jonatan terma jamoaning CONCACAF oltin kubogiga daʼvogarlik qilgan edi[14][15]. Turnirda Jonathan Osorio Martinika, Meksika va Panama terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[16].
2015-yilda Jonathan Osorio CONCACAF oltin kubogi uchun oʻyin tarkibga kiritilgan[17]. Turnirda u Kosta-Rika va Yamayka terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[18][19].
2017-yilning 22-yanvarida Jonathan Osorio terma jamoadagi ilk golini Bermud oroliga qarshi o‘yinda kiritgan[20].
Oʻsha yili Jonathan Osorio uchinchi marta terma jamoa tomonidan CONCACAF oltin kubogi uchun tanlangan[21]. Turnirda u Gonduras terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[22].
Jonathan Osorio 2019-yilgi CONCACAF oltin kubogi uchun Kanada terma jamoasiga kiritilgan[23][24].
U 2021-yilgi CONCACAF oltin kubogi uchun tarkibga kiritilgan[25][26].
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro turnir | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Nacional Montevideo Urugvay | 2011 | — | — | 3 | 0 | 3 | 0 | ||
Jami | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 3 | 0 | |
S. C. Toronto Kanada | 2012 | 17 | 11 | — | — | 17 | 11 | ||
Jami | 17 | 11 | 0 | 0 | 0 | 0 | 17 | 11 | |
Toronto F. C. Kanada | 2013 | 29 | 6 | 2 | 0 | — | 31 | 6 | |
2014 | 27 | 3 | 2 | 0 | — | 29 | 3 | ||
2015 | 30 | 1 | 2 | 0 | — | 32 | 1 | ||
2016 | 36 | 4 | 4 | 2 | — | 40 | 6 | ||
2017 | 32 | 2 | 4 | 0 | — | 36 | 2 | ||
2018 | 30 | 10 | 4 | 3 | 9 | 4 | 43 | 17 | |
2019 | 28 | 7 | 4 | 0 | 2 | 0 | 34 | 7 | |
2020 | 19 | 1 | — | — | 19 | 1 | |||
2021 | 24 | 4 | 3 | 1 | 2 | 1 | 29 | 6 | |
2022 | 4 | 2 | — | — | 4 | 2 | |||
Jami | 216 | 40 | 22 | 6 | 11 | 5 | 249 | 50 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Торонто VS. Спортинг Канзас-Сити 2:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 9-mart). 2017-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-mart.
- ↑ „Торонто VS. Лос-Анджелес Гэлакси 2:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 30-mart). 2017-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-mart.
- ↑ Steve Bottjer. „Buoyed by Europe stints, Toronto FC youngster Jonoathan Orsorio hopes to hold his own among star cast“ (en). MLSsoccer.com (2014-yil 31-yanvar). 2018-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-aprel.
- ↑ „Toronto FC Re-Sign Jonathan Osorio“ (en). Toronto FC (2018-yil 30-avgust). 2019-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-noyabr.
- ↑ „Колорадо Рэпидз VS. Торонто 0:2“ (en). soccerway.com (2018-yil 21-fevral). 2018-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.
- ↑ „Америка Мехико VS. Торонто 1:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 11-aprel). 2018-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.
- ↑ „Торонто VS. УАНЛ Тигрес 2:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 8-mart). 2018-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.
- ↑ „Торонто VS. Гвадалахара 1:2“ (en). soccerway.com (2018-yil 18-aprel). 2018-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.
- ↑ Alicia Rodriguez. „Toronto FC's Giovinco wins CCL Golden Ball award; Osorio wins Golden Boot“ (en). MLSsoccer.com (2018-yil 26-aprel). 2018-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-aprel.
- ↑ „Коста-Рика (до 20) VS. Канада (до 20) 3:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 2-aprel). 2017-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-iyun.
- ↑ „Канада (до 20) VS. Гваделупа (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 29-mart). 2017-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-iyun.
- ↑ „Мексика (до 20) VS. Канада (до 20) 3:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 6-aprel). 2017-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-iyun.
- ↑ „Канада VS. Коста-Рика 0:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 29-may). 2017-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-mart.
- ↑ „Панама VS. Канада 0:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 14-iyul). 2015-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-avgust.
- ↑ „Мексика VS. Канада 2:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 12-iyul). 2017-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-mart.
- ↑ „Канада VS. Мартиника 0:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 7-iyul). 2017-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-mart.
- ↑ „Canada MNT set for CONCACAF Gold Cup action“ (en). Canada Soccer (2015-yil 23-iyun). 2019-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
- ↑ „Ямайка VS. Канада 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 12-iyul). 2017-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-avgust.
- ↑ „Канада VS. Коста-Рика 0:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 15-iyul). 2017-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-avgust.
- ↑ „Бермудские острова VS. Канада 2:4“ (en). soccerway.com (2017-yil 22-yanvar). 2017-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-iyun.
- ↑ „Canada selects dynamic squad for 2017 CONCACAF Gold Cup“ (en). Canada Soccer (2017-yil 27-iyun). 2020-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
- ↑ „Канада VS. Гондурас 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 15-iyul). 2017-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-noyabr.
- ↑ „Together We Rise: Canada Soccer announces squad for the 2019 Concacaf Gold Cup“ (en). Canada Soccer (2019-yil 30-may). 2019-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
- ↑ „Bayern’s Alphonso Davies headlines Canada’s Gold Cup squad“ (en). Sportsnet.ca (2019-yil 30-may). 2019-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
- ↑ „Canada Soccer announces 2021 Concacaf Gold Cup roster“ (en). Canada Soccer (2021-yil 1-iyul). 2021-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
- ↑ „Five Reds called up for Gold Cup“ (en). Toronto FC (2021-yil 1-iyul). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.