Kontent qismiga oʻtish

John Maynard Keynes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lord Keyns
Keyns 1933 yilda
Tavalludi 5-iyun 1883
Kembrij, Angliya
Vafoti 21-aprel 1946[1]
Tilton, Firle yaqinida, Sasseks, Angliya
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik va United Kingdom of Great Britain and Ireland
Taʼlimi
Otasi Jon Nevill Keyns
Onasi Florens Ada Braun

John Maynard Keyns (talaffuzi: Jon Meynard Keynes; 1883-yil 5-iyun, Kembrij – 1946-yil 21-aprel, Suseks grafligi, Tilton qishlogʻi) – ingliz iqtisodchisi, davlat arbobi, asoschisi.

Cambridge universitetini tugatgan (1906). 1908-yildan to umrining oxirigacha shu universitetda dars berdi (1920-yildan professor), ayni paytda bir qator maʼmuriy lavozimlarda ishladi. Britaniya xazinasi xodimi (1915—19), Angliya banki direktorlaridan biri (1942-yildan), Bretton—Vuds konferensiyasida Angliyaning bosh vakili (1944). 1912-yildan nazariy „Economic journal“ („Iqtisodiyot jurnali“) muharriri boʻlgan.

Pul muomalasi va moliya, iqtisodiy oʻsish, bandlik sohalarida bir qator asarlar yaratdi („Versal shartnomasining iqtisodiy oqibatlari“, 1919; „Mister Cherchill siyosatining iqtisodiy oqibatlari“, 1925; „Pul toʻgʻrisida risola“, 1930 va boshqalar). Keynesning asosiy gʻoyalari „Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi“ (1936) asarida bayon etilgan. KLord Keyns bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi va davlat iqtisodiy siyosatining asosiy tamoyillarini asoslab berdi. Keynes qarashlari 2-jahon urushi va undan keyingi davrda koʻpgina Gʻarb mamlakatlari (ayniqsa, AQSH va Buyuk Britaniya)da davlat iqtisodiy siyosatining nazariy asosiga aylandi (qarang Keynschilik, Neokeynschilik)[2].

  1. // (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil