Kontent qismiga oʻtish

Johannes Stadius

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Johannes Stadius
Tavalludi 1-may, 1527-yil
Vafoti 17-iyun, 1579-yil
Parij, Fransiya Qirolligi
Taʼlimi

Lyon universiteti

De Frans kolleji
Kasbi Astronom, matematik, professor, munajjim, universitet o'qituvchisi, yozuvchi

Johannes Stadius yoki Yoxannes van Stadius – astronom, matematik va astrolog. XVI-asr oxirida efemeridlar, sayyora yoki kometalar kabi osmon jismlarining belgilangan vaqt oraligʻida hisoblangan joylashuvlarini oʻz ichiga olgan astronomik jadvallarni yaratgan yetakchi olimlardan biri.

Lotin Brext maktabida taʼlim olib, Eski Leven universitetida matematika, geografiya va tarixni oʻrgangan.

Vaqt oʻtishi bilan u oʻz alma materida matematika professori boʻlib faoliyat olib borgan. 1554-yilda u kuchli Savoyya gertsogining homiyligidan foydalanib, Turinga yoʻl oldi.

Shuningdek, Kyoln, Bryussel va Parijda ishlagan. Parijda Fransiya saroyi uchun astrologik bashoratlar qilgan. Tabulae Bergenses (1560) asarida oʻzini Ispaniya qiroli Filipp II va Savoyya gertsogining qirollik matematigi deb atagan.

1543-yilda Kopernik tomonidan ishlab chiqilgan geliosentrik Quyosh tizimi modelidan foydalanib, kelajakdagi muayyan sanalarda maʼlum osmon jismlarining qayerda joylashishini bashorat qiluvchi jadvallarni oʻz ichiga olgan efemeridlarni tuzgan. Uning „Efemeridlar“ asari bu masalada I.Keplerning asarlari paydo boʻlguncha standart boʻlib qolgan.

Bryusselda boʻlgan paytida Stadius oʻzining birinchi ilmiy asari Ephemerides novae et auctae-ni nashr etdi, bu efemeridlar jadvalini oʻz ichiga olgan boʻlib, 1554-yilda Kyolnda birinchi marta nashr etilgan.

Bu asar matematika hamda tibbiyot oʻrtasidagi aloqani oʻrnatgan Tyaxo Brahe va Nostradamusga taʼsir koʻrsatgan. „Ephemerides“ni nashr etishni Stadiusga uning ustozi Gemma Frizius maslahat bergan. 1555-yilda yozilgan maktubida Frizius Stadiusni Yer harakat qiladi va Quyosh harakatsiz degan soʻzlariga (yaʼni, Kopernik nazariyasiga) yoki oʻz kuzatuvlariga tayanib oʻrta asrlardagi Alfons tablitsalaridan voz kechishda ayblanishdan qoʻrqmaslikka undagan[1][2][3][4].

1935-yilda oy krateri Stadius nomi bilan ataldi.

  1. Emalsteen Jos. Oudheid en Kunst. Brecht, 1927. 
  2. Jozef A.U.. Joannes Stadius Leonnouthesius. LZ Antwerpen-Brecht, 1527-1579. 
  3. Gingerich Owen. From Copernicus to Kepler: Heliocentrism as Model and as Reality. Proceedings of the American Philosophical Society, 1973 — 513-bet. 
  4. Weyns.A.J. Vlaamse Stam, 1977 — 584–587-bet.