Kontent qismiga oʻtish

Joella Loyd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joella Lloyd
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud paytidagi ismi Joella Lloyd
Tavallud sanasi 12-aprel 2002-yil (2002-04-12) (22 yosh)
Sport
Qaysi sport Yengil atletika

Joella Lloyd (2002-yil 12-aprelda tugʻilgan) Antigua va Barbudalik sportchisi boʻlib, u 100 metrga va 200 metrga yugurish musobaqalarida milliy rekordchi hisoblanadi.

Tennessi universitetiga oʻqishga borishdan oldin u Sent-Jons Antigua qizlar oʻrta maktabida tahsil olgan[1].

Lloyd SEC chempionatida 200 metr masofada 23,39 ball bilan eng yaxshi natijani koʻrsatishga muvaffaq boʻlgan va 2021-yil fevral oyida umumiy hisobda 9-oʻrinni band etgan. 2021-yil 27-fevralda Lloyd SEC chempionatida yopiq inshootlarda 60 metr masofaga yugurish musobaqalarida konferensiya gʻolibi boʻlgan. U musobaqad 7,15 soniya natija bilan barcha vaqtlardagi musobaqa rekordini oʻrnatgan va 20 yoshgacha boʻlgan har qanday ayol sportchi orasida dunyoda 1-oʻrinni qayd etishga muvaffaq boʻlgan[2].

Lloyd 2021-yil 13-mart kuni NCAAʼda boʻlib oʻtgan musobaqalarda ishtirok etgan. Lloyd musobaqda 60 metr masofada 7,23 natija koʻrsatgan bu natija unga oltinchi oʻrinni band etishiga yetarli boʻlgan[3].

Lloyd 2021-yilning may oyida 100 metrga yugurish boʻyicha Antigua va Barbuda milliy rekordini oʻrnatgan. Bu voqea Noksvilldagi Tennessee Challenge musobaqasida boʻlgan, Lloyd 100 metr masofaga yugurishda 11.19 soniya natija qayd etgan bu unga oltin medal va rekordni olib kelgan. Natija shuningdek, 2021-yilda U-20 jahon chempionati yetakchisi boʻlgan amerikalik Tionna Braunning 11,29 soniyalik rekordini yangilagan[4]. Lloyd 2021 NACAC U20 chempionatida 100 mertga yuhurish bahslarida bronza va 200 metrga yugurish bahslarida kumush medalga sazovor boʻlgan[5][6].

Kechiktirilgan 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 100 metrga yugurish uchun tanlangan Lloyd birinchi bosqichda 11,54 soniya koʻrsatgan bu unga keyinga bosqichga chiqishi uchun yetarli boʻlgan[7][8][9].

2022-yil may oyida Lloyd SEC chempionatlarida 23.09 soniya qayd etib 200 metrga yugurish boʻyicha milliy rekordini yangilagan[10]. Lloyd NCAA chempionatining yarim finalida 200 metrga 22,66 natija bilan milliy rekordni yanada yaxshilagan[11]. 2022-yilgi yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida Lloyd yana 23 soniyadan pastroq natija koʻrsatib yarim final yoʻl olgan[12].