Joan Acocella
Joan Acocella (Qizlik familiyasi: Ross, 1945-yilda tugʻilgan) — amerikalik jurnalist, The New Yorker gazetasining xodimi[1]. U raqs, adabiyot va psixologiya haqidagi bir nechta asarlar muallifi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Acocella 1966-yilda Berklidagi Kaliforniya universitetida ingliz tilida bakalavr darajasini oʻqigan. Bir necha ilmiy darajaga erishgan. 1984-yilda Rutgers universitetida qiyosiy adabiyot boʻyicha Rus baletlari haqida dissertatsiya yozgan.
Joan The Village Voice gazetasida muharrir boʻlib ishladi[2][3]. Dance Magazineda katta tanqidchi va sharhlar muharriri boʻlib xizmat qildi. Financial Timesda New York raqs tanqidchisi sifatida faoliyat yuritgan. Acocellaning maqolalari New Yorkdagi gazetalarda muntazam ravishda eʼlon qilinardi. U 1992-yildan The New Yorker gazetasida muharrir va 1998-yildan 2019-yilgacha raqs tanqidchisi sifatida xizmat qilgan[1].
Acocellaning kitoblari orasida „Creating Hysteria: Women and Multiple Personality Disorder“ (1999), „Mark Morris“ (1993), zamonaviy raqqosa va xoreograf Mark Morrisning tarjimai holi[4] va „Twenty-Eight Artists and Two Saints“ (2007) kabilar bor. Joan g‘ayrioddiy rassomlar orasida keng tarqalgan fazilatlarni o‘rganadi[5][1]. U shuningdek, "The Diary of Vaslav Nijinsky: Unexpurgated Edition" (1999), „André Levinson on Dance“ (1991) va "Mission to Siam: The Memoirs of Jessie MacKinnon Hartzell" (2001)[1] kabi asarlarni yozgan va tahrirlagan.
Joanning 1995-yil 27-noyabr sonida chop etilgan New Yorker gazetasidagi „Cather and the Academy“ maqolasi New Yorkdagi Newswomenʼs Club tomonidan „Front Page“ mukofotiga sazovor boʻlgan va 1996-yil „Eng yaxshi Amerika maqolalari“ antologiyasiga kiritilgan[1]. Acocella keyinchalik maqola nomini „Willa Cather and the Politics of Criticism“ (2000)ga almashtirgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2017-yil —Harold D. Vursell xotira mukofoti, Amerika sanʼat va adabiyot akademiyasi[6]
- 2017-yil — Dorothy and Lewis B. Cullman olimlar va yozuvchilar markazi hamkori[7]
- 2012-yil — Holtzbrinck (Berlindagi Amerika Akademiyasi)ning Berlin mukofoti sovrindori[8].
- 2007-yil — Amerika sanʼat va adabiyot akademiyasining adabiyot yoʻnalishidagi mukofot[9].
- 2002-yildan hozirgi kungacha — New York gumanitar fanlar instituti xodimi[10].
- 1993-1994 — Guggenheim fondi aʼzosi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 "Joan Acocella". The New Yorker. http://www.newyorker.com/contributors/joan-acocella. Qaraldi: March 20, 2015.Joan Acocella]]
- ↑ „My Kind of Town: New York“. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
- ↑ „(untitled interview)“. National Arts Journalism Program. 2012-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-mart.
- ↑ Rockwell, John. „The Big Hairy Guy of Dance“. The New York Times (1994-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 20-mart.
- ↑ Harrison, Kathryn. „Lives in the Arts“. The New York Times (2007-yil 18-fevral). Qaraldi: 2015-yil 20-mart.
- ↑ „2017 Literature Award Winners – American Academy of Arts and Letters“ (en-US). artsandletters.org. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
- ↑ „The New York Public Library's Dorothy and Lewis B. Cullman Center for Scholars and Writers Announces 2017-2018 Fellows“. nypl.org. The New York Public Library. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
- ↑ „Past Fellows – American Academy“ (en-US). American Academy. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
- ↑ „Joan Acocella – American Academy“ (en-US). American Academy. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
- ↑ „Joan Acocella“ (en-US). New York Institute for the Humanities. 2021-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.