Kontent qismiga oʻtish

Joʻra Fozil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joʻra Fozil
Tavalludi 5-oktyabr 1949-yil (1949-10-05) (75 yosh)
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Kasbi jurnalist, yozuvchi, tarjimon

Joʻra Fozil (1949-yil Buxoroda tugʻilgan) — jurnalist, yozuvchi va tarjimon[1].

Joʻra Fozil 1949-yil 5-oktyabrda Buxoro viloyati Romitan tumani Musicha qishlogʻida muallim oilasida tugʻilgan. 1966-yil oʻrta maktabni tamomlagach, tuman bosmaxonasida harf teruvchi, adabiy xodim, musahhih vazifalarida ishlagan hamda armiya xizmatini oʻtagan (1968—1970).

Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan. Romitan tuman gazetasida, „Buxoronoma“ gazetasida, Respublika „Mulkdor“ haftanomasida ishlagan. 2000-yildan „Romitannoma“ gazetasining bosh muharriri sifatida faoliyat yuritib keladi[2].

Dastlabki hikoyalar toʻplami 1991-yilda „Muhabbatning bayramlari“ nomi ostida nashr etilgan. Keyinchalik „Barqut mavsumi“ (1992), „Buxoro elchisi“ (1996), „Baxt yulduzi“ (1997), „Mening qizil gulim“ (1998), „Bolalikning yolgʻiz yodgori“ (2000), „Buxoriyning qaytib kelishi“ (2004), „Ibtido va intiho“ (2005) nomli qissalari, „Ayriliq ostonasi“ (2006), „Tiramoh armonlari“ (2008) romanlari hamda „Biz lola termagan bahor“ (2010) nomi ostida hikoyalar toʻplami chop etilgan[3].

Joʻra Fozil tarjimon sifatida Konstantin Paustovskiyning „Sevgi“ romani va hikoyalarini, Viktor Astafyevning „Gʻamgin sarguzasht“ romani va „Munavvar yulduzlar“ qissasini oʻzbek tiliga oʻgʻirgan.

  1. „Рубрика: Жўра Фозил (1949)“. ziyouz.uz. Qaraldi: 13-sentabr 2024-yil.
  2. „Joʻra Fozil (1949)“. teletype.in. Qaraldi: 13-sentabr 2024-yil.
  3. „Jo’ra Fozil KICHIK HIKOYALAR VA BITIKLAR“. kh-davron.uz. Qaraldi: 13-sentabr 2024-yil.