Jizzax viloyat qoʻgʻirchoq teatri
Jizzax viloyat qoʻgʻirchoq teatri — bolalar teatri. 1983-yil Jizzax sh.da tashkil etilgan. A. Mamatov, 3. Mahmudovalar teatrning ilk aktyorlaridir. „Oʻjar quyoncha“ (M. Suponin) spektakli bilan ochilgan. Eng yaxshi spektakllari: „Farhod va Shirin“ (A. Navoiy), „Tomoshada tomosha“ (M. Ashurova), „Makkor tulkicha“ (V. Pavlovskiye), „Kashmir qoʻshigʻi“ (Sh. Rashidov), „Tomosha“ (K. Qodirov, N. Normat), „Boʻgʻirsoq“ (Ye. Patrik), „Quvnoq ayiqchalar“ (M. Polivanova), „Obi hayot“ (M. Ashurova), „Shoʻx xoʻtikcha“ (Temurbek), „Semurgʻ“ (H. Olimjon) va b. J. Muxtorov, J. Mamarahimov, 3. Mamarahimova, 3. Mahmudova, F. Yoʻldoshev, F. Hasanov va b. teatrning yetakchi aktyorlaridir. Oʻzbekiston Respublikasi qoʻgʻirchoq teatrlari 3-festivalida „Farhod va Shirin“ spektakli bilan festivalning eng oliy mukofotiga sazovor boʻlgan (1992). Teatrning sahnalashtiruvchi rej. — Rustam Aliyev (2002). 1998-yil AQShda gastrolda boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |