Jismlarning erkin tushishi
Ushbu sahifani Erkin tushish bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Jismlarning erkin tushishi — Yerning tortish kuchi maydonida jismlarning nolga teng boshlangʻich tezlikda harakatlanishi. Jismlarning erkin tushish tezligi-v Yer markazigacha boʻlgan masofaga va muhit (havo,suv)ning qarshilik kuchiga bogʻliq. Agar havoning qarshiligi hisobga olinmasa, jism uncha baland boʻlmagan joydan tushganda tezlik v=(2gh)^1/2 ga teng boʻladi (bunda g — erkin tushish tezlanishi; u-oʻrtacha 9,81 m/s² ga teng; h — jismlarning tushish balandligi; bu balandlik boshlangʻich vaziyatdan hisoblanadi). Barcha jismlar Yerning ayni bir nuqtasida bir xil tezlanishda Yerga tushadi. Amalda havo qarshiligi ham hisobga olinadi. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi tufayli jismlarning erkin tushish tezlanishi ekvatorda qutblardagidan kichik boʻladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]O'zME.Birinchi jild.Toshkent,2000
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |