Kontent qismiga oʻtish

Jinsiy zoʻravonlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jinsiy zo'ravonlikdan yoʻnaltirildi)
Erkak ayolga qoʻlini soniga qoʻyib, ayolga istamagan jinsiy aloqani amalga oshirayotganining tasviri

Jinsiy zoʻravonlik – bu ochiq-oydin yoki yashirin shahvoniy gʻoyalarni oʻzining ichiga olgan zoʻravonlikning bir turi boʻlib, jinsiy manfaatlar evaziga shaxsning oʻzi istalmagan va nomaqbul harakatlarni qilishga majburlash holatidir[1]. Jinsiy zoʻravonlik ogʻzaki harakatlardan tortib jinsiy tajovuzgacha boʻlgan barcha harakatlarni oʻz ichiga oladi[2]. Taʼqib qilish turli xil ijtimoiy muhitda, masalan, ish joyi, uy, maktab va boshqa hududlarda sodir boʻlishi mumkin. Taʼqib qiluvchilar yoki taʼqib qurbonlari har qanday jins vakillari boʻlishi mumkin[3].

Bugungi huquqiy kontekstda jinsiy zoʻravonlik noqonuniy hisoblanadi. Jinsiy zoʻravonlikka oid qonunlar, odatda, oddiy gaplar gʻiybat, ogʻzaki izohlar yoki alohida kichik hodisalarni taʼqiqlamaydi – buning sababi „umumiy xulq-atvor kodeksi“ mavjud emasligidadir. Ish joyida taʼqib qilish holati agar u tez-tez, davomli va ogʻir holatda yuz bergan boʻlsa va natija ish bilan bogʻliq salbiy qaror qabul qilishga olib kelsa (masalan, ishdan boʻshatish yoki isteʼfoga chiqarish) yoki dushmanlik va haqoratli ish muhitini yaratsa noqonuniy boʻlishi mumkin. Biroq, jinsiy zoʻravonlikning huquqiy va ijtimoiy tushunchasi turli madaniyatlarda bir-biridan farq qiladi. Rossiya qonunchiligida „jinsiy zoʻravonlik“ degan taʼrif mavjud emas. Ushbu konsepsiyaga eng yaqin boʻlgan qonun „jinsiy xarakterdagi harakatlarni amalga oshirishga majburlash“ haqidagisi boʻlib, bu Rossiya jinoyat qonunchiligida Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 133-moddasida belgilab qoʻyilgan[4].

Yaponiya Okinava monoray stansiyasidagi ogohlantirish. Belgida shunday deyilgan: „oʻrash jinoyatdir“.

Baʼzi mamlakatlarda koʻchadagi jinsiy zoʻravonlik, jinsiy haqorat qilish va jinsga asoslangan kamsituvchi izohlar qonun bilan jazolanadi (masalan, Filippinda xavfsiz joylar toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq jinoiy ish qoʻzgʻatiladi. Fransiyada esa maʼmuriy jarimalar belgilanadi).

Ish joyida taʼqib qilish juda tez-tez takrorlansa yoki ogʻir boʻlsa, u dushmanlik va haqoratli ish muhitini yaratsa, yoki ish bilan bogʻliq salbiy qarorlarga olib kelgan holatlarda (masalan, taʼqib qurbonini ishdan boʻshatish yoki lavozimini pasaytirish hamda jabrlanuvchini shunday qaror qabul qilishga yaʼni shu sababga koʻra ishini tark etishiga majburlaganda) noqonuniy boʻlishi mumkin. Zoʻravonlik qiluvchi jabrlanuvchining rahbari, xodimi yoki mijozi boʻlishi mumkin[5]. Ish joyidagi jinsiy zoʻravonlik (nopok va qoʻpol soʻzlar, shuningdek, jismoniy tajovuz koʻrinishida) har doim ham nafs bilan emas, balki hokimiyatga boʻlgan nafsni qondirish uchun ham qilinishi mumkin[6].

Etimologiyasi va tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jinsiy zoʻravonlikning zamonaviy huquqiy tushunchasi garchi koʻplab madaniyatlarda avvaldan mavjud boʻlsa ham birinchi marta 1970-yillarda ishlab chiqilgan.

„Jinsiy zoʻravonlik“ atamasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Huquqiy faol Catharine MacKinnon 1979-yilda "Sexual Harassment of Working Women (Mehnatkash ayollarning jinsiy zoʻravonligi)" nomli kitobi bilan Qoʻshma Shtatlarda jinsiy zoʻravonlik bilan bogʻliq qonunlarni yaratgan[7]. Catharine 1973-yilda yozilgan PhD Mary Rowening "Saturnʼs Rings (Saturn halqalari)" deb nomlangan diskriminatsiya haqidagi hisobotida qoʻllangan atamani ishlatgan[8]. Oʻsha paytda Rowe Massachusets Texnologiya Institutida (MTI) Prezidentning maxsus yordamchisi hamda ayollar va ishlar boʻyicha kansler edi[9]. Uning MTI dagi saʼy-harakatlari tufayli universitet AQShda jinsiy zoʻravonlikni toʻxtatishga qaratilgan maxsus siyosat va tartiblarni ishlab chiqqan birinchi yirik tashkilotlardan biriga aylangan.

Rowening aytishicha, 1970-yillarning boshida Massachusetts shtatidagi ayollar guruhlarida ish joyida ayollarni taʼqib qilinish holati muhokama qilingan. Cornell universitetida instruktor Lin Farley munozara guruhidagi ayollar erkaklar tomonidan taʼqibga uchragani va qoʻrquvga duchor boʻlgani uchun ishdan boʻshatilgan yoki haydalganlik holatlari qayta-qayta yuz berganligini aniqladi[10]. U va uning hamkasblari muammoni tasvirlash va 1975-yil may oyida „Speak Out“ ga qiziqish uygʻotish uchun „jinsiy zoʻravonlik“ atamasidan foydalanishgan. Keyinchalik u 1975-yilda Nyu-York shahar Inson huquqlari boʻyicha komissiyasi oldida bergan koʻrsatmasida jinsiy zoʻravonlik nima ekanligini uzoq vaqt davomida tasvirlab bergan[11][12]. Jurnalist Susan Brownmiller In Our Time: Memoir of a Revolution (Bizning zamonda: inqilob xotirasi) (1999) kitobida Corneldagi tazyiqlarga uchragan 44 yoshli yolgʻiz ona jamoat faoli Carmita Dickerson Wooddan yordam soʻraganidan keyin Cornel yadro fizikasi kafedrasi professoriga aylanganini yozgan[13][14][15]. Farley bu haqida 1978-yilda McGraw-Hill tomonidan chop etilgan va 1980-yilda Warner Books tomonidan qogʻoz muqovali versiyada chop etilgan Sexual Shakedown: The Sexual Harassment of Women on the Job (Jinsiy silkinish: ish joyidagi ayollarning jinsiy taʼqibi) kitobida yozgan[10].

Ushbu faollar Lin Farley, Susan Meyer va Karen Sauvigne Jinsiy Majburlashga qarshi Alyans (1976-yilda Freada Klein, Lynn Wehrli va Elizabeth Kon-Stunts tomonidan asos solingan) bilan birga Ishchi ayollar birlashmasini tashkil qilishdi. Bu 1970-yillarning oxirida jinsiy zoʻravonlikni jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish uchun tashkil etilgan tashkilotlardan biri edi. 1964-yildagi Fuqarolik huquqlari toʻgʻrisidagi qonunning VII sarlavhasi ostida jinsiy kamsitish va taqiqlangan xatti-harakatlarga mos keladigan jinsiy zoʻravonlik konsepsiyasining birinchi huquqiy shakllaridan biri 1979-yilda Catharine MacKinnonning[16] „Sexual Harassment of Working Women (Mehnat ayollarning jinsiy zoʻravonligi)“ nomli kitobida tilga olinadi[17].

Jinsiy zoʻravonlik turli sharoitlarda va fabrikalar, maktablar, kollejlar, teatr va musiqa shou-biznesi kabi turli hududlarda sodir boʻlishi mumkin[18][19][20][21][22][23][24]. Koʻpincha, jinoyatchi jabrlanuvchi ustidan ustunlikka (ijtimoiy, siyosiy, taʼlim yoki mehnat munosabatlaridagi, shuningdek yoshidagi farqlar tufayli) yoki hokimiyatga ega boʻladi.

Internet paydo boʻlishi bilan, ijtimoiy aloqalar, jumladan, jinsiy zoʻravonlik, koʻproq onlayn tarzda sodir boʻla boshladi, masalan, video oʻyinlarda yoki suhbat xonalarida shunday holatlar sodir boʻladi.

2014-yilgi PEW tadqiqot statistik maʼlumotlariga koʻra, 18 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan ayollarning 25 foizi va erkaklarning 13 foizi onlaynda jinsiy zoʻravonlikka duchor boʻlgan[25].

  1. Paludi, Michele A. „Definitions and incidence of academic and workplace sexual harassment“, . Academic and workplace sexual harassment: a resource manual. Albany, NY: SUNY Press, 1991 — 2–5-bet. 9780791408308. 
  2. Dziech, Billie Wright; Weiner, Linda. The Lecherous Professor: Sexual Harassment on Campus. Chicago Illinois: University of Illinois Press, 1990. ISBN 978-0-8070-3100-1; Boland, 2002
  3. „Sexual Harassment“. U.S. Equal Employment Opportunity Commission. 2019-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-iyul.
  4. З. А. Хоткина. „Что такое сексуальные домогательства?“ (ru). trudprava.ru. 2018-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.
  5. „Sexual Harassment“ (en). U.S. Equal Employment Opportunity Commission. 2012-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-oktyabr.
  6. На крючке. Как разорвать круг нездоровых отношений. 
  7. „MacKinnon, Catharine A.“ (en-US). University of Michigan Law School. 2018-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
  8. Kamberi, Ferdi; Gollopeni, Besim (2015-12-01). "The Phenomenon of Sexual Harassment at the Workplace in Republic of Kosovo". International Review of Social Sciences 3: 13. Archived from the original on 2018-10-03. https://web.archive.org/web/20181003100810/https://www.researchgate.net/publication/316515762. Qaraldi: 2018-04-12. Jinsiy zoʻravonlik]]
  9. Rowe, Mary, "Saturnʼs Rings, " a study of the minutiae of sexism which form part of the scaffolding of sex and gender discrimination throughout contemporary society; published in Graduate and Professional Education of Women, American Association of University Women, 1974, pp. 1–9. „Saturnʼs Rings II“ is a 1975 updating of the original, with racist and sexist incidents from 1974 and 1975. Revised and republished as "The Minutiae of Discrimination: The Need for Support, " in Forisha, Barbara and Barbara Goldman, Outsiders on the Inside, Women in Organizations, Prentice-Hall, Inc., New Jersey, 1981, Ch. 11, pp. 155–171. ISBN 978-0-13-645382-6.
  10. 10,0 10,1 Farley, Lin. Sexual Shakedown: The Sexual Harassment of Women on the Job. McGraw-Hill, 1978. ISBN 0070199574. 
  11. "Testimony given by Lin Farley", Hearings on women in blue-collar, service, and clerical occupations|publisher=Commission on Human Rights of the City of New York, April 21, 1975
  12. MacKinnon, Catharine A.. Directions in Sexual Harassment Law. Yale University Press, 2004 — 8-bet. ISBN 0-300-09800-6. 
  13. Aron, Nina Renata. „Groping in the Ivy League led to the first sexual harassment suit—and nothing happened to the man“. Timeline (2017-yil 20-oktyabr). 2020-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
  14. Altschuler, Glenn C.. Cornell: A History, 1940–2015 (en). Cornell University Press, 2014-08-12 — 146-bet. ISBN 9780801471889. 
  15. Brownmiller, Susan. In our time : memoir of a revolution. New York: Dial Press, 1999 — 281-bet. ISBN 0-385-31486-8. OCLC 41885669. 
  16. „MacKinnon, Catharine A.“ (en-US). University of Michigan Law School. 2018-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
  17. MacKinnon, Catharine. Sexual Harassment of Working Women: A Case of Sex Discrimination.. New Haven, Connecticut: Yale University Press, 1979. ISBN 9780300022995. 
  18. Philips, Chuck. „Cover Story: You've Still Got a Long Way to Go, Baby“. Los Angeles Times (1993-yil 18-aprel). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-sentyabr.
  19. Becklund Philips, Laurie Chuck. „Sexual Harassment Claims Confront Music Industry: Bias: Three record companies and a law firm have had to cope with allegations of misconduct by executives“. Los Angeles Times (1991-yil 3-noyabr). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-iyul.
  20. Philips, Chuck. „'Anita Hill of Music Industry' Talks : * Pop music: Penny Muck, a secretary whose lawsuit against Geffen Records sparked a debate about sexual harassment in the music business, speaks out in her first extended interview“. Los Angeles Times (1992-yil 5-mart). Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
  21. Philips, Chuck. „Geffen Firm Said to Settle Case of Sex Harassment : Litigation: An out-of-court settlement of $500,000 is reportedly reached in one suit, but another may be filed“. Los Angeles Times (1992-yil 17-noyabr). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-iyul.
  22. Philips, Chuck. „Controversial Record Exec Hired by Def“. Los Angeles Times (1992-yil 21-iyul). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-iyul.
  23. Laursen, Patti. „Women in Music“. Los Angeles Times (1993-yil 3-may). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-sentyabr.
  24. Barnet, Richard. Controversies in the music business. Greenwood, September 30, 2001 — 112–114-bet. ISBN 978-0313310942. 
  25. Duggan. „Online Harassment“. Pew Research Center (2014-yil 22-oktyabr). 2020-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
  • Mehnat huquqlari haqida hamma narsa: ishda jinsiy zoʻravonlik (Wayback Machine saytida 2022-08-08 sanasida arxivlangan)
  • AQSh Ta'lim Departamenti Jinsiy zo'ravonlik manbalari
  • Bolalar qo'mitasi: maktablarda zo'ravonlik va jinsiy zo'ravonlik