Jinsiy yetilish
Jinsiy yetilish, voyaga yetish, pubertat davr (lotincha: pubertas — boʻyiga yetish, jinsiy yetilish) — odam (qarang Balogʻatga yetish) va hayvonlarda organizmning jinsiy koʻpayish qobiliyatiga ega boʻlgan individual rivojlanish davri. J. ye.dan soʻng reproduktiv davr keladi. Tana oʻlchami, umrning qisqa yoki uzoq boʻlishi hamda J. ye. vaqti oʻrtasida bogʻlanish mavjud. Qisqa umr koʻradigan mayda hayvonlar erta jinsiy yetiladi. Maye, 30—35 sutka umr koʻradigan boshaylangʻichlilar 4—5 sutkada, mayda baliq — gambuziya hayotining 1-yili, oʻn yillab umr koʻradigan yirik baliqlar 5—15-yilda va hatto undan ham kechroq voyaga yetadi. Koʻpchilik qushlar hayotining 1- yoki 2-yili jinsiy yetiladi. Oposeium, koʻrsichqon va b. baʼzi hasharotxoʻrlar, koʻrshapalaklar, tovushqonlar va jayralar 10-yil umr koʻradi, umrining 1-yili voyaga yetadi. Yalqovlar, chumolixoʻrlar, pangolinalar, kurakoyoqlilar 15—30-yil yashaydi, 2—5-yilda voyaga yetadi. Ammo xuddi shuncha umr koʻradigan boʻrisimonlar 6—8 oyda voyaga yetadi. 30-yil gacha umr koʻradigan yirik yirtqichlar (pantera, yoʻlbars, leopard, arelon) 3—5-yilda, 60—70-yil yashaydigan fillar 12—20-yilda, tuban maymunlar 2—4-yilda, odamsimon maymunlar 8—10-yilda voyaga yetadi. Koʻpchilik hayvonlar urgʻochisi erkaklariga nisbatan erta voyaga yetadi. Maymunlarda J. ye. davri bir necha oyga, odamda bir necha-yilga choʻziladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |