Kontent qismiga oʻtish

Jinchak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jinchak [Lagonichium faretum (Banks et. Bobr.)] — dukkakdoshlarga mansub ildiz bachkili, sershox va sertikan buta. Poyasi 20—45 sm, eng asosidan shoxlanadi, barglari juft patsimon, murakkab, tuklar bilan qoplangan. Gullari sariq, toʻpguli shoda. Mevasi choʻzinchoqdukkak. Iyundan sent.gacha gullaydi va mevalaydi. Urugʻlari odatda 20—30° haroratda unib chiqadi. Maysalari kech bahorda koʻkaradi. Asosan ildiz bachkilaridan koʻpayadi. Ildizi kuchli usadi, asosiy ildizidan 1–3 m chuqurga kirib boradigan baquvvat yon ildizlar chiqadi, ildizida 8,11, poʻstlogʻida 12,09%, dukkagida 31,0% tanin bor. Oʻzbekistonning Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo adirlari va togʻ etaklaridagi sur tuproqlarda oʻsadi. U tabiiy ravishda tarqalgan mintaqalarda hamma ekinlar orasida uchraydi, yangidan oʻzlashtirilgan yerlarda esa beda va gʻoʻza maydonlarida yoʻqotish qiyin begona oʻsimlik.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil