Kontent qismiga oʻtish

Jin mashina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jin mashina (inglizcha: сotton gin) yoki tola ajratkich — paxta tolalarini chigitdan ajratib oladigan mashina. Arrali va valikli xillari bor.

Arrali jin mashinaning asosiy ish qismlari, ish kamerasi va arrali silindr 2 dan iborat. Arrali silindr 80—130 dona arrali disklardan yigʻiladi. Chigitli paxta ish kamerasi ga tushadi. Aylanib turgan silindr arralariga ilingan tolalarning bir qismi chigitdan ajralib, panjara 3 orasiga oʻtadi, soplo 4 va mashina boʻgʻzi 5 orqali batareya kondensoriga yigʻiladi. Chigitli paxta silindr bilan bir necha marta uchrashgach, chigit tolalardan deyarli tozalanadi va sirpanib, taroq 8 bilan panjara orasidan oʻtib, chigit konveyeriga tushadi. „Ulik“ tola ajratish moslamasi 6 toladan „ulik“ tola va ifloslarni ajratib, shnekli „ulik“ tola konveyeri 7 ga yoʻnaltiradi.

Valikli jin mashinaning ish qismlari hayvon terisidan, sunʼiy rezinalashtirilgan materiallar va tabiiy poʻkaklardan yasalgan valik, qoʻzgʻalmas pichoq 2 va urish valigi 3 dan iborat. Taʼminlash kamerasi ga tushgan chigitli paxtani qarama-qarshi tomonga aylanib turadigan valiklar 2 qoziqchali titkilash barabani 3 ga bir meʼyorda uzatadi, baraban qoziqchalari uni ilashtirib, toʻr 4 sirtidan sudrab utadi. Paxtadan ajralgan xas-choʻplar toʻr koʻzlaridan oʻtib tashqariga chiqadi, titilgan paxta esa qiya 5 dan sirpanib, ignali baraban 6 ga yoʻnaladi. Tekislovchi valik 8 chigitli paxta qatlamini tekislab turadi. Tezlatish barabani 9 ignali baraban 6 dan chigitli paxtani ajratib olib, bir-biriga teskari aylanayotgan ish valigi va urish valigi 10 orasiga keltiradi. Chigit pichoq ostidan oʻta olmaydi, tolalar chigitdan ajraladi va ish valigiga yopishib, pichoq ostidan oʻtib ketadi. Chigit tolalardan toʻliq ajralmaguncha bu jarayon takrorlanadi. Chigitdan ajralgan tola nov 15 ga tushib, undan tola quvuriga, chigitlar esa toʻr 7 ning koʻzlaridan oʻtib, nov 14 orqali yigʻish shnegiga yoʻnaladi. Paxta tozalash korxonalarida bir necha jin mashina batareya tarzida (arralisi har qatorda 2—5 tadan, valiklisi 8—10 tadan) oʻrnatiladi. Oʻzbekiston paxta korxonalarida avtomatlashtirilgan jin mashina lari ishlatiladi.

  • Jab borov Gʻ. Sh., Otametov T. U., Hamidov A., Chigitli paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi, Toshkent, 1987-yil.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.