Jiajou koʻprigi
Qiyofa
Jiajou koʻprigi (xit. 胶州湾跨海大桥) Xitoy sharqidagi Shandong viloyatida, Jiajou koʻrfazi ustida qurilgan koʻprikdir. Chingdao shahri va Hongdao orolini bogʻlab turadi. Kengligi 35 metr, uzunligi 42,5 km boʻlib, dunyodagi eng uzun koʻprik, deb tan olingan.[1][2]
Koʻprik 4 yil davomida qurildi, qurilishda 10 ming ishchi ishladi.[1] 450 ming tonna poʻlat va 2,3 million kub metr sement sarf etildi.[1] Loyihaga 10 milliard yuan ($1,5 milliard) ajratilgan edi. Koʻprik 2011-yil 30-iyunida ishga tushirildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 China builds world's longest bridge, The Telegraph
- ↑ World's longest cross-sea bridge opens in east China, Xinhua
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |