Kontent qismiga oʻtish

Jean-Dominique Bauby

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jean-Dominique Bauby
Tavalludi 23-aprel 1952-yil
Vafoti 9-mart 1997-yil(1997-03-09)
(44 yoshda)
Nord-Pas de Calais, Fransiya
Ijod qilgan tillari fransuzcha
Fuqaroligi Fransiya

Jean-Dominique Bauby (fransuzcha: [ʒɑ̃ dɔminik bobi]; 1952-yil 23-aprel – 1997-yil 9-mart) – fransuz yozuvchisi va Elle jurnali muharriri.

Bauby Parijning 14-okrugida tugʻilgan va Parijning 1-okrugida, Tuileries bogʻining shimolidagi Rue du Mont-Tabor koʻchasida yashagan[1].

Jurnalistlik faoliyatini Combat gazetasida boshlagan, keyin esa Le Quotidien de Paris gazetasida davom ettirgan. 28 yoshida, Paris Match jurnalining madaniy boʻlimi muharriri boʻlishdan oldin, Le Matin de Paris gazetasining bosh muharriri lavozimida ishlagan. Keyin esa Elle jurnaliga ishga oʻtgan va keyinchalik ushbu jurnal muharririga aylangan[2][3].

Bauby oʻn yil davomida Silvi de la Rochefucauld bilan ishqiy munosabatda boʻlgan. Ularning bir oʻgʻli va bir qizi boʻlgan[4][5][6][7]. Bauby Elle jurnali jurnalisti Florens Ben Sadoun bilan uchrashishni boshlaganidan soʻng esa Rochefucauld bilan ajralshgan.

1995-yil 8-dekabrda, 43 yoshida, Bauby oʻgʻlini teatrga olib ketayotganda insult olgan[8]. Yigirma kundan keyin kasalxonada uygʻonganida, u faqat chap qovogʻini pirpiratishga qodir boʻlgan.

Bauby kasallikka chalinishdan oldin kitob yozish uchun shartnoma imzolagan edi[9]. Uning nutq terapevti Sandrine Fichou foydalanish chastotasiga koʻra 26 harfli alifbo tuzgan[10][11][12]. U alifbodagi harflarni kerakli harfga toʻgʻri kelganida Bauby koʻzini pirpiratguncha ketma-ketlikda koʻrsatib turgan. Shu orqali ular asar soʻzlarini yozgan. Sandrine va Bauby haftasiga yetti kun, kuniga uch soat ishlagan holda ikki oy davomida 130 betlik qoʻlyozma yozishgan[12].

Yozib olingan „Skafandr va kapalak“ asari 1997-yil 7-mart, juma kuni chop etilgan[13]. U Yevropa boʻylab birinchi raqamli bestsellerga aylangan va umumiy sotuvi milliondan oshgan. Bauby oʻz kitobi nashr etilganidan ikki kun oʻtgach, 44 yoshida pnevmoniyadan]] vafot etgan[14][15]. U Fransiyaning Parij shahridagi Per-Lachaise qabristonidagi oilaviy qabrga dafn etilgan[16].

  1. „Bauby, Jean-Dominique (1952-1997)“. Médiathèque de Saint hilaire.
  2. Tassel, Fabrice. „L'ultime clin d'oeil de Bauby. Le journaliste paralysé est mort juste après la sortie de son livre.“ (fr). Libération (1997-yil 11-mart). Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
  3. Arnold. „The truth about "The Diving Bell and the Butterfly"“. Salon.com (2008-yil 23-fevral). Qaraldi: 2014-yil 4-may.
  4. Leslie Sowers. „'Locked-in' quadriplegic shares life“. Houston Chronicle (1999-yil 20-iyul). 2009-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-may.
  5. Bauby, Jean-Dominique. The Diving Bell and the Butterfly: A Memoir of Life in Death. Knopf Doubleday Publishing Group, 23 June 1998. ISBN 0375701214. 
  6. „Bauby's (Paris, 75004) : siret, TVA, adresse...“. entreprises.lefigaro.fr.
  7. „The real story behind The Diving Bell and the Butterfly“. the Guardian (2008-yil 9-fevral).
  8. „The real story behind The Diving Bell and the Butterfly“. the Guardian (2008-yil 9-fevral).„The real story behind The Diving Bell and the Butterfly“. the Guardian. 9 February 2008.
  9. „A Writer's Spirit Soared With a Blink of His Eye“. Los Angeles Times (1997-yil 15-mart).
  10. Arnold. „The truth about "The Diving Bell and the Butterfly"“. Salon.com (2008-yil 23-fevral). Qaraldi: 2014-yil 4-may.Arnold, Beth (23 February 2008). "The truth about „The Diving Bell and the Butterfly“". Salon.com. Retrieved 4 May 2014.
  11. GAUDEMAR. „Vagabondages immobiles d'un mort toujoursvivant. Totalement paralysé mais lucide, Jean-Dominique Bauby a "dicté" son livre en clignant d'une paupière. ""Le scaphandre et le papillon"". Ed. Robert Laffont“. Libération.
  12. 12,0 12,1 „Elizabeth Day interviews ghost-writer Claude Mendibil“. the Guardian (2008-yil 27-yanvar).
  13. Boyles. „Pre-Mortuarial Medicine“. National Review Online (2003-yil 10-oktyabr). 2005-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-may.
  14. Thomas. „Diving Bell movie's fly-away success“. BBC (2008-yil 8-fevral). Qaraldi: 2014-yil 4-may.
  15. Mallon. „In the Blink of an Eye“. New York Times (1997-yil 15-iyun). Qaraldi: 2014-yil 4-may.
  16. Freireich. „Q and A“. New York Times (1998-yil 26-aprel). Qaraldi: 2014-yil 4-may.