Jean-Alain Boumsong
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jean-Alain Boumsong Somkong | ||
Tavallud sanasi | 14-dekabr 1979-yil | ||
Tavallud joyi | Douala, Kamerun | ||
Boʻyi | 1.91 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1997—2000 | Le Havre | 42 | (1) |
2000—2004 | Auxerre | 131 | (3) |
2004—2005 | Rangers | 18 | (2) |
2005—2006 | Newcastle United | 47 | (0) |
2006—2008 | Juventus | 33 | (2) |
2008—2010 | Lyon | 59 | (2) |
2010—2013 | Panathinaikos | 52 | (5) |
Milliy terma jamoa | |||
2003—2009 | Fransiya | 27 | (1) |
Boshqargan klublari | |||
2018—2019 | Kamerun (Yordamchi) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Jan-Alain Boumsong Somkong (talaffuzi: Jan Alen Bumsong) (1979-yil 14-dekabrda tugʻilgan) — fransiyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boumsong Kamerunning Duala shahrida tugʻilgan va oʻz faoliyatini AJ Auxerrega qoʻshilishdan oldin Fransiyaning Le Gavr jamoasida boshlagan. U 2003-yil Fransiya kubogi finalida Parij Sen-Jermenga qarshi oʻyinning 89-daqiqasida Oserning 2:1 hisobidagi gʻalaba golini kiritgan.
Rangers
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boumsong 2004-yilda „Rangers“ga oʻtgan va besh yillik shartnoma imzolagan[1][2].
Boumsong Shotlandiya oʻyiniga tezda moslashgan va markaziy himoyachi sifatida oʻz mahoratini namoyish etgan, 2004/05-yilgi mavsumning yarmida "Newcastle" yangi bosh murabbiyi Grem Souness futbolchi uchun 8 million funt sterling taklif qilgan, Rangers esa 2005-yil yanvarida transfer oynasi ochilgandan soʻng futbolchini sotib yuborgan.
Newcastle
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boumsong jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzolagan[3].
8 million funt sterlinglik transfer bahosi koʻpchilikni hayratda qoldirgan[4], chunki futbolchi bir necha oy oldin „Rangers“ga erkin agent sifatida qoʻshilgan edi.
Uning „Nyukasl“dagi mavsumi unchalik yaxshi qabul qilinmagan. Boumsongning himoya qobiliyatidagi pasayish tufayli koʻpincha gol oʻtkazib yuborishda aybdor hisoblangan.
Juventus
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yil 22-avgustda Boumsong 3,3 million funt sterling evaziga „Juventus“ jamosiga qoʻshilgan. 2006-yil sentyabr oyida Boumsong oʻzining „Juventus“ tarkibidagi birinchi golini „Krotone“ga qarshi oʻyinda kiritgan va „Juventus“ 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. Qolgan ikkita golga Valeriy Bojinov mualliflik qilgan. Boumsongning „Juventus“ bilan soʻnggi oʻyini 2008-yil 23-yanvarda „Internasionale“ga qarshi Italiya kubogi doirasida boʻlib oʻtgan.
Lyon
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil 24-yanvarda Boumsong uch yarim yillik shartnoma asosida Fransiyaning „Olimpique Lyonnais“ klubiga oʻtdi[5][6].
U klubdagi debyutini 2008-yil 8-fevralda „Stad de Gerland“da „Sochaux“ga qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan.
Panathinaikos
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yil 30-iyulda Boumsong „Olimpique Lyonnasi“dan Gretsiya Superliga chempioni „Panathinaikos“ klubiga oʻtgan. U Gretsiya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va yiliga 1,9 million yevro maosh olishini kelishib olgan[7].
2012-yilda Boumsong klub bilan yana ikki yillik shartnoma imzolagan va „Panathinaikos“dagi faoliyatini 2014-yilgacha uzaytirgan[8]. Yozda Boumsong 2012/13-yilgi mavsum uchun klub vitse-sardori deb eʼlon qilingan. U 2012/13-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi uchinchi saralash bosqichining birinchi oʻyinida Motherwellga qarshi oʻyinda gʻalaba golini kiritgan[9].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boumsong Fransiya terma jamoasidagi debyutini 2003-yilning 20-iyunida Yaponiyaga qarshi oʻtkazgan.
U 2006-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida oʻzini milliy terma jamoada muntazam boshlangʻich oʻyinchi sifatida koʻrsatgan va 2006-yilgi Jahon chempionati uchun terma jamoaga chaqirilgan, ammo Lilian Thuramning safga qaytishi sababli musobaqa davomida maydonga tushmagan.
Boumsong Yevro-2008da atigi bitta oʻyinda maydonga tushgan, oʻshanda Fransiya va Italiya terma jamoalari oʻrtasidagi guruh oʻyinida Samir Nasrini oʻrniga oʻyinga qoʻshilgan. Nasrining oʻzi atigi 16 daqiqa oldin jarohatlangan Franck Riberyning oʻrniga maydonga tushgan edi, ammo markaziy himoyachi Erik Abidal maydondan chetlatilgach, fransiyalik murabbiy Raymon Domenek himoyachi Bumson uchun yarim himoyachi Nasrini maydondan olgan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Le Havre | 1997—1998 | Liga 1 | 1 | 0 | - | - | 1 | 0 | ||||||
1998—1999 | Liga 1 | 18 | 1 | 2 | 0 | 2 | 0 | - | - | 22 | 1 | |||
1999—2000 | Liga 1 | 23 | 0 | 1 | 0 | - | - | 24 | 0 | |||||
Jami | 42 | 1 | 2 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | - | 47 | 1 | |||
Auxerre | 2000—2001 | Liga 1 | 32 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | - | 36 | 0 | |||
2001—2002 | Liga 1 | 34 | 1 | 2 | 0 | - | - | 36 | 1 | |||||
2002—2003 | Liga 1 | 33 | 1 | 1 | 1 | 1 | 0 | 6 | 0 | - | 41 | 2 | ||
2003—2004 | Liga 1 | 32 | 1 | 2 | 0 | 1 | 0 | - | 35 | 1 | ||||
Jami | 131 | 3 | 1 | 1 | 7 | 0 | 9 | 0 | - | 148 | 4 | |||
Rangers | 2004—2005 | Shotlandiya Premyer Ligasi | 18 | 2 | 6 | 0 | - | 24 | 2 | |||||
Newcastle United | 2004—2005 | Premyer League | 14 | 0 | 1 | 0 | - | - | - | 15 | 0 | |||
2005—2006 | Premyer League | 33 | 0 | 1 | 0 | - | - | - | 34 | 0 | ||||
Jami | 47 | 0 | 2 | 0 | - | - | - | 49 | 0 | |||||
Juventus | 2006—2007 | Seriya B | 33 | 2 | - | - | - | - | 33 | 2 | ||||
2007—2008 | Seriya A | 0 | 0 | 3 | 1 | - | - | - | 3 | 1 | ||||
Jami | 33 | 2 | 3 | 1 | - | - | - | 36 | 3 | |||||
Lyon | 2007—2008 | Liga 1 | 8 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | - | 13 | 0 | |
2008—2009 | Liga 1 | 32 | 1 | 3 | 1 | 0 | 0 | 8 | 0 | - | 43 | 2 | ||
2009—2010 | Liga 1 | 19 | 1 | 2 | 1 | 2 | 0 | 6 | 0 | - | 29 | 2 | ||
Jami | 59 | 2 | 9 | 2 | 2 | 0 | 15 | 0 | - | 85 | 4 | |||
Panathinaikos | 2010—2011 | Grtesiya Super Ligasi | 21 | 1 | 1 | 0 | - | 5 | 0 | 4 | 0 | 31 | 1 | |
2011—2012 | Grtesiya Super Ligasi | 17 | 3 | - | - | 4 | 2 | 6 | 0 | 27 | 5 | |||
2012—2013 | Grtesiya Super Ligasi | 14 | 1 | 1 | 0 | - | 4 | 0 | 1 | 0 | 20 | 1 | ||
Jami | 52 | 5 | 2 | 0 | - | 13 | 2 | 11 | 0 | 78 | 7 | |||
Karyerada jami | 382 | 15 | 19 | 4 | 12 | 0 | 43 | 2 | 11 | 0 | 467 | 21 |
Xalqaro maydondagi gollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2003-yil 11-oktyabr | Stad de Frans, Sen-Deni | Isroil | 3-0 | 3-0 | Yevro-2004 saralashi |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Auxerre
- Fransiya kubogi : 2002—2003
Rangers
- Shotlandiya Premer-ligasi : 2004—2005
Juventus
- B seriya : 2006—2007
Lyon
- Liga 1: 2007—2008
- Fransiya kubogi: 2007—2008
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Rangers sign Boumsong on a free contract“. The Irish Times (14-dekabr 2003-yil). Qaraldi: 17-avgust 2020-yil.
- ↑ „Rangers seal Boumsong deal“. BBC Sport (14-dekabr 2003-yil). Qaraldi: 17-avgust 2020-yil.
- ↑ Walker, Michael. „Newcastle pay £8m for Boumsong“. The Guardian (1-yanvar 2005-yil). Qaraldi: 17-avgust 2020-yil.
- ↑ Walker, Michael. „Football: Newcastle relaxed about police raids | Football“. The Guardian (17-iyul 2007-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2010-yil.
- ↑ „Soccer-Roundup 3-Boumsong leaves Juventus for Lyon | Reuters“. Uk.reuters.com (26-yanvar 2008-yil). 2009-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2010-yil.
- ↑ „Juventus – Boumsong: I Love Juve & Am Sad To Leave“. Goal.com. Qaraldi: 13-yanvar 2010-yil.
- ↑ UEFA.com. „Boumsong follows Govou to Panathinaikos“. UEFA.com (30-iyul 2010-yil).
- ↑ „Jean-Alain Boumsong extends Panathinaikos contract“. Inside Futbol (11-iyul 2012-yil).
- ↑ „Motherwell-Panathinaikos 2013 History | UEFA Champions League“.
- 14-dekabrda tugʻilganlar
- 1979-yilda tugʻilganlar
- UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari
- Juventus F.K. oʻyinchilari
- Italiyadagi muhojir futbolchilar
- Angliyadagi muhojir futbolchilar
- Fransiya futbolchilari
- Yashayotgan insonlar
- Erkak futbolchilar
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari