Kontent qismiga oʻtish

Xalmaxera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jaylolodan yoʻnaltirildi)
Xalmaxera
Geografiya
Maydoni 17 780 km2
Dengiz sathidan balandligi 1635 va 985 m.
Eng baland nuqtasi Mount Gamkonora
Ma'muriyat
Davlat Indoneziya
Mintaqa North Maluku
Demografiya
Aholisi 180 000
Qo'shimcha ma'lumot

Xalmaxera, Jaylolo — Indoneziyadagi orol. Molukka orollari tarkibidagi eng katta orol. Maydoni 18 ming km². Murakkab shaklga ega: 4 ta yarim oroli markazdan yelpigʻichga oʻxshab choʻzilib ketgan. Relyefi togʻli, eng baland joyi 1635 m (Gamkunoro harakatdagi vulkani). Doim yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Kokos palmazorlari bor. Chetga ziravorlar, qimmatbaho yogʻoch chiqariladi. Eng katta porti — Jaylolo[1].

  1. OʻzME