Javohir Aliqulov
Javohir Aliqulov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi | 3-sentyabr 1997-yil |
Sport | |
Qaysi sport | Para taekvondo |
Murabbiy(lar)i | Timur Sobirov |
Javohir Aliqulov (1997-yil 3-sentabrda tugʻilgan) — oʻzbek para taekvondochisi. 2018-yildan buyon para taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Musobaqalarda K44 klassida ishtirok etadi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Javohir Aliqulov Oʻzbekiston Milliy universitetida tahsil olgan[1]. Murabbiyi — Timur Sobirov.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlarida -70 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan[2].
2023-yil Meksikada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medal sovrindoriga aylangan.
2024-yilning 1—6-iyul kunlari Janubiy Koreyaning Chxunchxon shahrida boʻlib oʻtgan para taekvondo bo‘yicha xalqaro ochiq chempionatda -70 kg vazn toifasida bronza medali sohibi boʻlgan.
Butunjahon taekvondo federatsiyasining yakuniy reyting natijalariga koʻra -70 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ALIKULOV Javokhir“. paralympic.org. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.
- ↑ „Xanchjou-2022: Javohir Aliqulov ham sovrindorlar qatoridan joy oldi“. olympic.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.