Kontent qismiga oʻtish

Java dasturlash tili tarixi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Java
Paradigmalari obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash
Muallifi James Gosling
Tuzilgan yili 23-may, 1995-yil (29 yil avval) (1995-05-23)[1]
Turi obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili
Holati faol
Versiyalari Java 18 22.03.2022 (2 yil avval) (22.03.2022)
Ishga tushirish turi IDE orqali
Operatsion tizim krossplatformali
Litsenziya Oracle No-Fee Terms and Conditions License for all users
Fayl kengaytmalari .java, .class, .jar
Vebsayt oracle.com/java/, java.com
Dialektlari
bytecode orqali
Bunga asos boʻlgan tillar
CLU, Lisp, SmallTalk, C++, C
Buning asosida tuzilgan tillar
C Sharp, Kotlin, Scala

Java dasturlash tili 1991-yilda James Gosling, Patrick Naughton, Chris Warth, Ed Frank va Mike Sheridanlar tomonidan Sun Microsystems kompaniyasida yaratilgan. Tilning birinchi versiyasini yaratish uchun 18 oy vaqt ketgan. Bu til boshida „Oak“ (eman) deb nomlangan edi, lekin keyinchalik 1995-yilda „Java“ ga oʻzgartiligan. „Oak“ ning 1992-yilning kuz oylaridagi birinchi tadbiq etilishi va 1995-yilning bahorida „Java“ ning ommaga eʼlon qilinishidagi vaqt oraligʻida koʻplab odamlar bu tilning dizayni va evolyutsiyasiga oʻz hissalarini qoʻshishgan. Bil Joy, Arthur van Hoff, Jonathan Payne, Frakn Yellin va Tim Lindhom javaning asl prototipiga asosiy hissa qoʻshuvchilar hisoblanadi.[2]

Nega „Oak“ deb nomlangan

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eman daraxti surati
Eman daraxti

Aslida „Oak“ bu daraxtning nomi hisoblanadi. Nimaga Oak? Chunki Oak kuch va qudrat ramzi hisoblangan va bir nechta AQSH, Fransiya, Germaniya, Ruminiya kabi mamlakatklarning milliy daraxti sifatida tanlangan.[3] Lekin, bu nom Oak Technologies deb nomlanuvchi kompaniyaning savdo belgisi ekanligi aniqlangandan soʻng, tilning nomi „Java“ ga oʻzgartirilgan.

Nega „Java“ nomini tanlashgan?

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barcha jamoa aʼzolaridan yangi nom tanlash uchun fikrlari toʻplangan. Bir qancha nomlar taklif qilingan, jumladan, „dynamic“, „revolutionary“, „Silk“, „jolt“, „DNA“ va shu kabilar. Ular texnologiyaning mohiyatini aks ettiruvchi inqilobiy, dinamik, jonli, ajoyib, oʻziga xos va talaffuzi oson va aytishi qiziqarli boʻlgan nom tanlashni xohlashgan. Jeyms Goslingning soʻzlariga koʻra, „Java Silk bilan birga eng yaxshi tanlovlardan biri edi“. Java juda noyob boʻlgani sababli, jamoa aʼzolarining aksariyati boshqa nomlardan koʻra Javani afzal koʻrdi. Java — Indoneziyadagi orol, u yerda birinchi kofe ishlab chiqarilgan (Java kofesi deb ataladi). Bu espresso loviyasining bir turi. Java nomini Jeyms Gosling oʻz ofisida bir chashka qahva ichayotganda tanlagan. Payqaganingizdek, java bu shunchaki nom, hech qanday qisqartma soʻz emas. 1995-yilda Time jurnali Javani 1995-yilning eng yaxshi oʻnta mahsulotidan biri deb atadi.

Java dasturlash tili relizlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

JDK 1.0 1996-yil 23-yanvarda chiqarildi. Javaning birinchi versiyasidan soʻng tilga koʻplab qoʻshimcha funktsiyalar qoʻshildi. Endi Java Windows ilovalari, veb-ilovalar, korporativ ilovalar, mobil ilovalar, kartalar va hokazolarda qoʻllanilmoqda. Har bir yangi versiya Javaga yangi xususiyatlarni qoʻshadi. Hozirgacha koʻplab java versiyalari chiqarilgan. Javaning hozirgi barqaror versiyasi — Java SE 17.[4] Hozirda, 2022-yil 21-may holatiga koʻra, Java 8, 11 and 17 javaning barqaroq versiyalari, yaʼni doimiy ravishda qoʻllab quvvatlanadigan versiyalar sifatida qaraladi.[5] Javaning asosiy relizlari, ularni chiqarilgan vaqti bilan keltirilgan:

Versiyasi Sana
JDK Beta 1995
JDK 1.0 Yanvar 23, 1996[6]
JDK 1.1 Fevral 19, 1997
J2SE 1.2 Dekabr 8, 1998
J2SE 1.3 May 8, 2000
J2SE 1.4 Fevral 6, 2002
J2SE 5.0 Sentabr 30, 2004
Java SE 6 Dekabr 11, 2006
Java SE 7 Iyul 28, 2011
Java SE 8 (LTS) Mart 18, 2014
Java SE 9 Sentabr 21, 2017
Java SE 10 Mart 20, 2018
Java SE 11 (LTS) Sentabr 25, 2018[7]
Java SE 12 Mart 19, 2019
Java SE 13 Sentabr 17, 2019
Java SE 14 Mart 17, 2020
Java SE 15 Sentabr 15, 2020[8]
Java SE 16 Mart 16, 2021
Java SE 17 (LTS) Sentabr 14, 2021
Java SE 18 Mart 22, 2022
  1. Lua xatosi in Modul:Manba/MU1/Date_validation at line 1070: attempt to index field '?' (a nil value).
  2. Java The Complete Reference 12th Edition — 41-bet. 
  3. „Oak nomi o'zgartirilishi“. https://www.javatpoint.com.
  4. „Java versiyalari“. https://www.oracle.com/java/technologies/downloads/. Oracle.
  5. „Oracle Java SE Support Roadmap“. Oracle (13-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 21-may 2022-yil.
  6. „JAVASOFT SHIPS JAVA 1.0“. sun.com. 10-mart 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.
  7. Chander, Sharat „Introducing Java SE 11“. oracle.com. 26-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-may 2022-yil.
  8. „The Arrival of Java 15!“. Oracle (15-sentabr 2020-yil). 16-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.