Kontent qismiga oʻtish

Jasur Rizayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rizayev Jasur Alimdjanovich
RektorSamarqand davlat tibbiyot instituti rektori
Mansab davri
2020-yil
Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori
Mansab davri
2016-yil – 2020-yilgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 27-iyun 1974-yil (1974-06-27) (50 yosh)
Toshkent, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Jasur Alimjanovich Rizayevoʻzbekistonlik olim, tibbiyot fanlari doktori, professor[1]. Toshkent davlat stomatologiya institutining sobiq rektori. Hozirda, Oʻzbekistondagi ilk oliy taʼlim muassasalaridan biri — Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori.[2] Tibbiyot boʻyicha 3 monografiya va oliy taʼlimning tibbiyot sohasidagi talabalar uchun moʻljallangan koʻpgina darslik va oʻquv-qoʻllanmalar muallifi.

Rizaev Jasur Alimjanovich 1974-yil 27-iyunda Toshkent shahrida ishchilar oilasida tugʻilgan. 1991-yilda Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 254-sonli oʻrta maktabni oltin medal bilan tugatgan. 1996-yilda Toshkent birinchi tibbiyot institutini tamomlagagan. 1996-yildan shu institutning ortopedik stomatologiya kafedrasi xodimi va poliklinikada internatura shifokori; 1998-yildan institutining terapevtik stomatologiya kafedrasida katta laborant; 2000—2007-yillarda yordamchi sifatida oʻz faoliyatini davom ettirgan. 2005—2007-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalar kasaba uyushma tashkilotining raisi boʻlgan.

2006-yilda „Periodontit kursining klinik va funktsional koʻrsatkichlari va davolash xususiyatlari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2007-yildan boshlab u terapevtik stomatologiya kafedrasida dotsent lavozimida ishlagan, ish jarayonida bemorlarga yordam berish koʻnikmalarini mukammal egallagan. 2007-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-klinikasi bosh shifokorining oʻrinbosari, 2009-yilda Toshkent shahridagi Uchtepa tibbiyot birlashmasining rahbari[3], 2011-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-klinikasi bosh shifokori lavozimlariga tayinlangan[4].

2015-yilda „Kompleks ijtimoiy-gigiena tadqiqotlari asosida Oʻzbekiston aholisida periodontal kasalliklarning oldini olish boʻyicha konsepsiya va dasturlarni ishlab chiqish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

2016-yil 26-avgustdan 2020-yilgacha Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori[5]. 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi[6].

Faxriy unvonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Buxoro davlat tibbiyot institutining (O‘zbekiston) faxriy professori - 2019-yil.
  • I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy davlat tibbiyot universitetining (Rossiya) faxriy professori - 2021-yil.
  • S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universitetining (Qozog‘iston) faxriy professori - 2021-yil.
  • M.F.Vladimirskiy nomidagi Moskva viloyati ilmiy-tadqiqot institutining (Rossiya) faxriy professori - 2023-yil.
  • Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasining (Rossiya) faxriy professori - 2023-yil.
  • N.N.Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universitetining (Rossiya) faxriy professori - 2024-yil.
  • Belarus davlat tibbiyot universitetining (Belarus) faxriy doktori - 2024-yil.
  • Shinchjon tibbiyot universitetining (Xitoy) faxriy professori - 2024-yil.
  • Akademik E.A nomidagi Perm davlat tibbiyot universitetining (Rossiya) faxriy professori - 2024-yil.

Ilmiy unvonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Xalqaro ekologiya, inson va tabiat xavfsizligi fanlar akademiyasining (MANEB, Rossiya) haqiqiy a’zosi (akademik) - 2022-yil.

Medallar va mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • "Sog‘liqni saqlash a’lochisi" nishoni, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013-yil 6-noyabrdagi 455-sonli buyrug‘iga muvofiq topshirilgan.
  • "Mustaqillikning 20 yilligi" nishoni, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yubileyi sharafiga berilgan.
  • "Mustaqillikning 25 yilligi" nishoni, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan berilgan.
  • M.G. Prives nomidagi "Stomatologiyani rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun" medali, akademik I.P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya), 2021-yil.
  • "Uzbekistan – the U.S. 30 years of friendship" medali, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi (2022-yil).
  • Rim papasi Fransisk pontifikatining 6 yiliga bag‘ishlangan rasmiy yillik medali, Vatikanning muqaddas taqvo va davlat mol-mulk boshqarmasi (2018-yil).
  • "O‘zbekiston Respublikasi xizmat ko‘rsatgan stomatologi" nishoni, O‘zbekiston stomatologlar assotsiatsiyasi (2021-yil).
  • "Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti" nishoni, Buxoro davlat tibbiyot instituti (2019-yil).
  • "40 yillikka" yubiley medali, Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi (2019-yil).
  • "Semmelvays universitetiga 250 yil" medali, Semmelvays universiteti (Vengriya, 2019-yil).
  • "Dunyoda stomatologiyani rivojlantirishda munosib hissa uchun tan olinganlik" medali - The Academy of Dentistry International (San-Antonio, AQSh).

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Google Scholar maʼlumotlar bazasida yuzdan ortiq ilmiy maqolalari bor[7].

Bosh muharrir[8] - Uzbek journal of case reports