Kontent qismiga oʻtish

Jarchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jarchi — 1) oʻtmishda hukmdorning el-ulusga qarata chiqargan farmoni, harbiy yurishga chiqish, harbiy safardan qaytish, biror tantanali marosim oʻtkazish, baʼzi nomdor shaxslarni taqdirlash yoki jinoyatchilarni jazolash haqidagi oliy buyruqni va shunga oʻxshash xabarlarni bozor maydoni yokikishilar koʻp yigʻiladigan joylarda baland ovoz bilan eʼlon qiladigan shaxc; 2) koʻchma maʼnoda — biron narsani eʼlon qiluvchi, qaror toptiruvchi (maye, haqiqat J.si). Buxoro xonligida J. oʻz mavqeiga koʻra chuhra oqosi bilan yonma-yon turgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil