Jannatga yoʻl
Muallif(lar) | Abdulla Oripov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | dramatik doston |
Nashriyot | Oʻzbekiston KP markaziy komitetining nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1980 |
Sahifalar soni | 47 |
„Jannatga yoʻl“ — oʻzbek shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub dramatik doston. 1980-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi markaziy komitetining nashriyotida chop etilgan.[1] Asar nazm va dramaturgiya janrlari xususiyatlarini oʻzida jamlagan.
Doston fantastik va afsonaviy-mifologik mavzu asosida yaratilgan. Asardagi voqealar „narigi dunyo“da sodir boʻladi. Aslida esa mifologiya yordamida realistik hodisalar yoritilgan, yaʼni adib afsonaviy naql vositalari orqali real dunyo muammolarini talqin qiladi. Oripov ushbu asarida ezgulikni imkon borida yoki imkon boricha roʻyobga chiqariladigan istak emas, balki amalga oshirilishi zarur ehtiyoj oʻlaroq tasvirlagan.
Kitob kirish soʻzini Matyoqub Qoʻshjonov yozgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Neʼmat Aminov — muharrir, Javlon Umarbekov — rassom, Galina Lomivorotova — texnik muharrir, Adxam Joʻraboyev — musahhih. Kitob adadi — 35 000 nusxa.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Jannatga yoʻl“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Jannatga yoʻl“ Ziyouz saytida
- „Jannatga yoʻl“ dostonining sahnalashtirilgani (Wayback Machine saytida 2020-02-15 sanasida arxivlangan) (audio)
- „Jannatga yoʻl“ dostonining sahnalashtirilgani (video)