Jamol Kamol
Jamol Kamol | |
---|---|
Asl ismi | Jamol Kamolov |
Tavalludi |
9-noyabr 1938-yil |
Vafoti |
27-sentyabr 2022-yil (83 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Taxallusi | Jamol Kamol |
Kasbi | shoir, tarjimon |
Ijod qilgan tillari | Oʻzbek tili |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Jamol Kamol (Jamol Kamolov; 9-noyabr 1938, Shofirkon — 27-sentyabr, 2022[1]) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1992). Buxoro pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan (1959). Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati boʻlimida masʼul kotib (1970—72), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant va ilmiy xodim (1972—86). Lirik sheʼr tuzilishi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida bosh muharrir (1986—88), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1991—96). Jamol Kamolning ilk sheʼriy toʻplami „Olam kirar yuragimga“ 1968-yilda nashr etilgan.
- „Choʻqqilarga yogʻildi yogʻdu“ (1970),
- „Tosh tugʻyoni“ (1972),
- „Hasan va oy“ (1974),
- „Quyosh chashmasi“ (1975),
- „Qadah“ (1978),
- „Dostonlar“ (1980),
- „Suvaydo“ (1982),
- „Umidli dunyo“ (1988)
kabi sheʼriy toʻplamlariga kirgan sheʼrlarida mumtoz sheʼriy anʼanalar bilan zamonaviy sheʼriy jarayon oʻzaro uygʻunlashtirilgan.
Jamol Kamol fransuz mumtoz adabiyotining namoyandasi Nikola Bualoning „Sheʼriy sanʼat“ asarini, ozarbayjon shoiri Baxtiyor Vahobzodaning Muhammad Fuzuliy haqidagi „Shabihijron“ dostonini, U. Shekspir, A.S. Pushkin, Yan Raynis asarlarini, Jaloliddin Rumiy, Sotim Ulugʻzoda singari adiblarning sara asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 2022-yil 27-sentyabrda vafot etgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston xalq shoiri Jamol Kamol olamdan oʻtdi
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil