James Perch
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | James Robert Perch[1] | ||
Tavallud sanasi | 28-sentyabr 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Mansfield, Angliya | ||
Boʻyi | 1.80 m[2] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Mansfield Town | ||
Raqami | 14 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1996—2004 | Nottingham Forest | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2010 | Nottingham Forest | 190 | (12) |
2010—2013 | Newcastle United | 65 | (1) |
2013—2015 | Wigan Athletic | 82 | (3) |
2015—2018 | Queens Park Rangers | 74 | (0) |
2018—2020 | Scunthorpe United | 71 | (3) |
2020 | Mansfield Town | 52 | (4) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
James Robert Perch (talaffuzi: Jeyms Robert Perch) (1985-yil 28-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi, u „Mansfield Town“ jamoasida himoya va yarim himoyada sifatida oʻynaydi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nottingham Forest
[tahrir | manbasini tahrirlash]Perch, Nottingemshire shtatining Mansfield shahrida tugʻilgan va oʻz faoliyatini Nottingham Forestda boshlagan. U oʻzining debyut mavsumida 22 oʻyinida maydonga tushdi, Forest „Futbol Ligasi chempionati“dan tushib ketdi. Uning birinchi professional goli oʻsha mavsumda, „Futbol Ligasi kubogi“ning 3-raundida Doncaster Roversga qarshi oʻyinning 63-daqiqasida kiritildi. Birinchi mavsumdan soʻng u qolish muddatini yana 2 yilga uzaytirish uchun yangi shartnoma imzoladi[3]. U ligaga yangi koʻtarilgan "Newcastle United"ga oʻtishdan oldin Forest uchun 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi.
Newcastle United
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yil 5-iyulda Perch "Newcastle United" bilan toʻrt yillik shartnoma asosida taxminan 1 million funt sterling evaziga shartnoma imzoladi[4]. Forest oʻsha yilning yanvar oyida „Newcastle“ning transfer taklifini rad etgan edi[5]. U „Newcastle“ safida 2010-yilning 16-avgustida "Manchester United"ga qarshi oʻyinda (3:0) magʻlubiyatga uchragan[6]. 2010-yil 18-sentabrda u ligadagi dastlabki beshta o‘yinda beshta sariq kartochka olgan birinchi futbolchi bo‘lib, Premer-liganing yangi rekordini o‘rnatdi[7]. Uning „Newcastle“dagi yagona goli Premer-ligada „Old Trafford“da "Manchester United"ga qarshi oʻyinda kiritildi, ammo, jamoa 4:3 hisobida magʻlub boʻldi[8].
Wigan Athletic
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yilning 3-iyulida Perch yaqinda Angliya kubogi sohibi boʻlgan „Wigan Athletic“ga o‘tib, klub bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi oshkor etilmagan, biroq 750 ming funt atrofida boʻlishi taxmin qilingandi[9]. Perch 2013-yilning 3-avgustida „Wigan“ uchun ligadagi debyutini mehmonda „Barnsley“" ustidan 4:0 hisobida o‘tkazdi[10]. U klubdagi ilk golini 2014-yilning 9-martida Angliya Premer-ligasi doirasidagi "Manchester City"ga qarshi o‘yinda (2:1) kiritib, „Wigan“ga ketma-ket ikkinchi yil Angliya kubogi yarim finaliga chiqishga yordam berdi[11].
Queens Park Rangers
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilning 31-iyulida Perch Chempionshipning „Queens Park Rangers“ klubi bilan nomaʼlum to‘lov evaziga uch yillik shartnoma imzoladi[12]. Perch oʻzining debyutini 2015\2016-yilgi chempionat mavsumining birinchi oʻyinida oʻtkazdi, natijada „Charlton Athletic“ga qarshi 2:0 hisobida magʻlub boʻldi, u butun oʻyin daqiqasini oʻynadi[13].
Scunthorpe United
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 2018-yilning avgustida „Scunthorpe United“ga kelib, ikki yillik shartnoma imzolagan[14].
Mansfield Town
[tahrir | manbasini tahrirlash]Perch 2020-yil avgust oyida o‘zining tug‘ilgan shahri „Mansfield Town“ klubi bilan shartnoma imzolagan[15]. U 2021-yil avgust oyida bosh suyagini sindirib olgan, bu esa uni 2021\2022-yilgi mavsumda maydonga tusha olmasligiga sabab bo‘lgandi[16]. Perch 2022-yilning yanvarida kutilganidan tezroq mashgʻulotlarga qaytdi[17]. va 15-mart kuni Port „Vale“ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibga qaytdi[18].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Angliya kubogi | Liga kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Nottingham Forest | 2004—2005[19] | Chempionship | 22 | 0 | 3 | 0 | 3 | 1 | — | 28 | 1 | |
2005—2006[20] | Birinchi liga | 38 | 3 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 40 | 3 | |
2006—2007[21] | Birinchi liga | 46 | 5 | 4 | 0 | 0 | 0 | 5 | 1 | 55 | 6 | |
2007—2008[22] | Birinchi liga | 30 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 34 | 0 | |
2008—2009[23] | Chempionship | 37 | 3 | 3 | 0 | 2 | 0 | — | 42 | 3 | ||
2009—2010[24] | Chempionship | 17 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 21 | 1 | |
Jami | 190 | 12 | 16 | 0 | 6 | 1 | 8 | 1 | 220 | 14 | ||
Newcastle United | 2010—2011[25] | Angliya Premyer-ligasi | 13 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 15 | 0 | |
2011—2012[26] | Angliya Premyer-ligasi | 25 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | 28 | 0 | ||
2012—2013[27] | Angliya Premyer-ligasi | 27 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | 9 | 0 | 38 | 1 | |
Jami | 65 | 1 | 3 | 0 | 4 | 0 | 9 | 0 | 81 | 1 | ||
Wigan Athletic | 2013—2014[28] | Chempionship | 40 | 0 | 6 | 1 | 0 | 0 | 7 | 1 | 53 | 2 |
2014—2015[29] | Chempionship | 41 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 42 | 3 | ||
Jami | 81 | 3 | 7 | 1 | 0 | 0 | 7 | 1 | 95 | 5 | ||
Queens Park Rangers | 2015—2016[30] | Chempionship | 35 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 37 | 0 | |
2016—2017[31] | Chempionship | 32 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | 35 | 0 | ||
2017—2018[32] | Chempionship | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 7 | 0 | ||
Jami | 74 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | — | 79 | 0 | |||
Scunthorpe United | 2018—2019[33] | Birinchi liga | 41 | 2 | 1 | 1 | 1 | 0 | 2 | 0 | 45 | 3 |
2019—2020[34] | Ikkinchi liga | 30 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 36 | 1 | |
Jami | 71 | 3 | 2 | 1 | 2 | 0 | 6 | 0 | 81 | 4 | ||
Mansfield Town | 2020—2021[35] | Ikkinchi liga | 29 | 3 | 1 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 32 | 3 |
Karyerada jami | 510 | 22 | 31 | 2 | 16 | 1 | 31 | 2 | 588 | 27 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nottingham Forest
- Futbol ligasi 1-o‘rin: 2007—2008
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Notification of shirt numbers: Scunthorpe United“. English Football League. Qaraldi: 2019-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Premier League Player Profile“. Premier League. 2012-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-aprel.
- ↑ „Perch signs new Forest contract“. BBC Sport. BBC (2005-yil 1-mart). Qaraldi: 2013-yil 8-avgust.
- ↑ „Newcastle land Forest star Perch“. ESPNsoccernet. ESPN (2010-yil 5-iyul). 2012-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-iyul.
- ↑ „Nottingham Forest reject Newcastle's offer for Perch“. BBC (2010-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 8-avgust.
- ↑ Chowdhury, Saj. „Man Utd 3–0 Newcastle“. BBC Sport. BBC (2010-yil 16-avgust). Qaraldi: 2010-yil 26-sentyabr.
- ↑ McNulty, Phil. „Everton 0–1 Newcastle“. BBC Sport. BBC (2010-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2010-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Man Utd 4–3 Newcastle“. BBC (2012-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2013-yil 8-avgust.
- ↑ „Wigan complete Perch swoop“. ESPN (2013-yil 3-iyul). 2014-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-iyul.
- ↑ „Barnsley 0-4 Wigan“ BBC Sport. 3 August 2013.
- ↑ „Manchester City 1-2 Wigan“ BBC Sport. 9 March 2014.
- ↑ „James Perch: QPR sign Wigan Athletic defender“. BBC (2015-yil 31-iyul). Qaraldi: 2015-yil 31-iyul.
- ↑ „Charlton 2-0 QPR“. BBC Sport (2015-yil 8-avgust). Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
- ↑ James Perch: Scunthorpe United sign former QPR midfielder BBC Sport. 1 August 2018.
- ↑ Thirkill. „James Perch delighted to sign for home town club Mansfield Town“. Mansfield Chad (2020-yil 13-avgust). Qaraldi: 2022-yil 28-may.
- ↑ „James Perch: Mansfield Town defender suffers fractured skull“. BBC Sport (2021-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-may.
- ↑ „James Perch: Mansfield Town defender cleared to return after fractured skull“. BBC Sport (2022-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 28-may.
- ↑ Lomas. „Mansfield Town first team start for James Perch at Port Vale“. Mansfield Chad (2022-yil 15-mart). Qaraldi: 2022-yil 28-may.
- ↑ „Games played by James Perch in 2004/2005“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
- ↑ „Games played by James Perch in 2005/2006“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
- ↑ „Games played by James Perch in 2006/2007“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
- ↑ „Games played by James Perch in 2007/2008“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
- ↑ „Games played by James Perch in 2008/2009“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
- ↑ „Games played by James Perch in 2009/2010“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
- ↑ „Games played by James Perch in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
- ↑ „Games played by James Perch in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
- ↑ „Games played by James Perch in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
- ↑ „Games played by James Perch in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
- ↑ „Games played by James Perch in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
- ↑ „Games played by James Perch in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
- ↑ „Games played by James Perch in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
- ↑ „Games played by James Perch in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
- ↑ „Games played by James Perch in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
- ↑ „Games played by James Perch in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
- ↑ „Games played by James Perch in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.