Kontent qismiga oʻtish

James Hadley Chase

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
James Hadley Chase
Asl ismi Jeyms Hedli Cheyz
Tavalludi 24-dekabr 1906-yil
Vafoti 6-fevral 1985-yil(1985-02-06)
(78 yoshda)
Taxallusi Jeyms L. Dogerti, Reymond Marshall, Embroz Grant
Kasbi 1939 - 1983
Ijod qilgan tillari American English, Fransuz tili va Ingliz tili[1]
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik va United Kingdom of Great Britain and Ireland
Janr Detektiv
Shoh asari "Gongkongdan kelgan tobut"

Jeyms Hedli Cheyz (ingl. James Hadley Chase; 24-dekabr 1906, London6-fevral 1985) — britaniyalik yozuvchi, 93 ta detektiv romanlar muallifi. Haqiqiy ismi Rene Brabazon Reymond (ing. Rene Brabazon Raymond). Shuningdek "Raymond Marshall", "James L. Dogherty", "Ambrose Grant" taxalluslari ostida ham ijod qilgan.

Bo'lajak mashhur adib nafaqadagi ofitser oilasida dunyoga keldi, Rochesterdagi qirollik maktabida va keyinchalik Kallkuttada ta'lim oldi. U 18 yoshligida o'z uyini o'qish tufayli tashlab ketdi. U bir nechta kasblarni egalladi, koʻp marta ish joylarini o'zgartirdi va nihoyat koʻp tomli "Bolalar ensiklopediyasi" kitobi uchun agent bo'lib ishga kirdi. Yaqin bir necha yil ichida Cheyz nufuzli kitob savdosi firmasi "Simpkin va Marshall"da ishladi.

Mashhur asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • The Dead Stay Dumb
  • No Orchids for Miss Blandish
  • The World in My Pocket
  • There's Always a Price Tag
  • Dang'illama hovlidagi o'lim

Dang'illama hovlidagi o'lim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Detektiv tarixi uzoq mifologiyalar, ertaklar, Qobil va Hobil hikoyasigacha borib taqaladi. Insonlar uchun doim jinoyatning qanday sodir bo'lgani va uning sabablari qiziq bo'lib kelgan. Lekin buning janr sifatida adabiyotga kirib kelishi 1841-yilda Edgar Allan Poning "Morg ko'chasi jinoyatlari" asari bilan yuzaga keladi. Shundan keyin jinoiy romanlar dunyo bo'ylab eng koʻp o'qiladigan bo'ldi. Voqea shunday boshlanadi. Dang'illama uy sohibasi, dunyoda boyligi bo'yicha 4-o'rinda turuvchi ayolning eri o'g'irlab ketiladi. Qahramonimiz detektiv Vik Melloy esa uni topishi kerak. Ammo bu yo'lda uni yana bir talay qotilliklar va to'siqlar kutib oladi. u janrdagi asarlar odamga tahliliy fikrlash va har narsaga koʻp tomonlama qarashni o'rgatadi. Odamni o'ziga notanish bo'lgan shahar bo'ylab jinoyat izidan sarguzashtlarga undaydi. O'quvchiga ham jinoyatchiday fikrlashni, ham politsiyaday o'ylashni majburlaydi. Voqealar va obrazlar koʻpligi boshidan qiyin kelishi mumkin, lekin keyinchalik bu qiziqarli tus olib, mozayka terganday o'qish tajribasini beradi. Bu esa ham xotirani kuchaytiradi ham mutolaani yanada zavqli holga keltiradi. Va so'nggida, detektiv romanlar yaxshilik bilan yakun topadi. Jinoyat aslo jazosiz qolmaydi. Eng qorong'u bo'lib ko'ringan izlar ham kun yuzini ko'radi.


{{DEFAULTSORT:Chase, James} Uning o'g'ri nomli romani bo'lib detektiv janrdagi asar hisoblanadi.

  1. (unspecified title)