Jahongir Qosimov
Jahongir Qosimov | |
---|---|
Tavalludi |
2-dekabr 1958-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti |
Kasbi | Kinorejissor, ssenariy muallifi |
Faoliyat yillari | 1976—hozirgacha |
Millati | Oʻzbek |
Turmush oʻrtogʻi | uylangan |
Bolalari | 3 ta |
Mukofotlari | „Oltin ritsar“, „Kumush ritsar“ |
Jahongir Qosimov (1958-yil 2-dekabr, Toshkent) – oʻzbek rejissyori[1]. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]1984-yilda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan. 1977—1979-yillarda Harbiy xizmat oʻtagan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1976-yildan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida rejissyor yordamchisi boʻlib ishlagan. 1984—2005-yillarda „Oʻzteleradio kompaniya“ tizimida rejissyor, bosh direktor, eng yuqori toifali rejissyor sifatida ishlagan. „Oʻzteleradio kompaniyasi“ da ishlagan yillarida oʻnlab televizion dasturlar, videofilmlar tayyorlagan. 2004-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida „Dev bilan pakana“, 2007-yilda „18 Kvadrat“, 2009-yilda „Suv oqalab“ toʻliq metrajli badiiy filmlarini suratga olgan. „Oʻzbekkino“da bosh direktor oʻrinbosari, kino-rejissyor. Ingliz, nemis va rus tillarini biladi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali, uch farzandi bor.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2005). 2007-yil – „18 kvadrat“ – rejissyor (Moskvadagi „Oltin ritsar“ KFDA Rossiya milliy terrorizmga qarshi qoʻmitasining maxsus mukofoti).
XIX „Oltin ritsar“ xalqaro kinoforumi, (26-may, 2-iyun) „Kumush ritsar“ filmi „Suv“ filmiga Jahongir Qosimov (Oʻzbekiston) tomonidan 2010-yilda taqdim etilgan.