Kontent qismiga oʻtish

Jahon energetikasi geografiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sanoat jahon, turli mintaqa va davlatlar iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi hisoblanadi. Uning tarmoqlari orasida yoqilgʻi-energetika tarmogʻi alohida oʻrin egallaydi. Elektr energetika sanoatning muhim tarmogʻi hisoblanib, boshqa sohalarning rivoji uchun asos yaratib beradi. Shu sababli mazkur tarmoq soʻnggi yillarda tez sur’atlarda rivojlanmoqda.Neft,koʻmir,gaz va elektr energetika sanoatlari yoqilgʻi-energetika majmuasining asosiy tarmoqlaridir.

Soʻnggi 70 yil mobaynida jahonda neft qazishning yalpi hajmi 8,5 barobarga ortgan. Neftga boʻlgan talab yuqoriligi sababli dengiz sayozligida neft havzalari(masalan,Shimoliy dengiz,Meksika,Gvineya,Kaliforniya koʻrfazlari)ham ishga tushirilmoqda. Norvegiya,Buyuk Britaniyada aynan shu hududlar qazib olinadigan neftning 100% ini,AQSHda esa 50% ini beradi.OPEK davlatlari (Angola,Birlashgan Arab Amirliklari,Ekvatorial Gvineya,Eron,Iroq,Jazoir, Kongo,Gabon,Kuvayt,Liviya ,Nigeriya,Saudiya Arabistoni,Venesuela)hududida jahon neft zaxiralarining ⅔ qismi toʻplangan boʻlib, ular yillik neft qazishning ⅓ qismini taʼminlab bermoqda. Neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti, qisqartmasi – OPEK (inglizcha: OPEC, The Organization of the Petroleum Exporting Countries) – neft narxini muqobil ushlab turish maqsadida neft qazib oluvchi derjavalar tomonidan yaratilgan kartel hisoblanadi.

OPEC ga aʼzo davlatlar.

Ushbu tashkilotga iqtisodiyoti asosan neftni eksport qilishdan tushgan daromadga bogʻliq boʻlgan davlatlar aʼzo hisoblanadi. Tashkilotning asosiy maqsadi – dunyodagi neft narxlari ustidan nazorat olib borish. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti, OPEK (Organization of Petroleum Exporting Countres, OPEC) – neft qazib olishni va aʼzo mamlakatlarning neft eksporta siyosatini muvofiklashtiruvchi hamda aʼzo mamlakatlar manfaatlarini himoya qiladigan xalqaro tovar tashkiloti. Tashkilot rasman 1960-yilda Venesuela tashabbusi bilan Bagʻdod konferensiyasida tashkil etilgan. Nizomi Karakas (Venesuela)da 1961-yilda qabul qilingan va keyinchalik koʻpgina oʻzgartirishlar kiritilgan. Eron, Iroq, Kuvayt, Liviya muassis mamlakatlar hisoblanadi. Aʼzo mamlakatlar Jazoir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Iroq, Eron, Liviya, Qatar, Kuvayt, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni, Ekvador (2003). 20-asrning 80-yillari 2-yarmida bu tashkilotga kirmaydigan mamlakatlar va Saudiya Arabistonidan neft taklifining oʻsishi natijasida OPEKning taʼsiri keskin pasaydi. Hozirgi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda taʼsir doirasi hamon kuchli. Tashkilotning oliy organi – yiliga 2-marta chaqiriladigan konferensiya boʻlib, unda ishtirokchi mamlakatlar ishlab chiqarish strategiyasi va narxlar koʻrib chiqiladi va tasdiklanadi. Idorasi Avstriyada joylashgan.

Vena shahri-OPEC binosi (a)

Hozirgi kunda Janubi-gʻarbiy Osiyo,Shimoliy Amerika va Yevropa(MDH bilan birga jahonda qazib olinadigan qora oltin ning deyarli ⅔ qismini bermoqda. Jahondagi yirik neftni qayta ishlash zavodlari yirik neft konlari asosida yoki isteʼmolchilarga yaqin hududlarda joylashgan. Jahon mintaqalari orasida Yevropa,Shimoliy Amerika,Osiyo davlatlar orasida esa AQSH,Xitoy,Rossiyaneftni qayta ishlash boʻyicha peshqadamlik qiladi.

Tabiiy gaz yoqilgʻi sifatida boshqa yoqilgʻi turlaridan ekologik jihatdan nisbatan bezarar energiya manbai ekanligi bilan ajralib turadi. Maʼlumotlarga koʻra, gazning jahon boʻyicha umumiy isbotlangan zaxirasi 188,1 trillion m³ ni tashkil etadi. Soʻnggi vaqtlarda gaz qazib olish hajmi yildan yilga oshmoqda.

Gaz qazib olish boʻyicha eng yaxshi 11 ta davlat

Agar 1950-yil u 200 milliard m³,2000-yil esa 2420 milliard m³ tashkil etgan boʻlsa,2020-yil 3854 milliard m³ ga yetdi. Gaz qazib olish boʻyicha Osiyo,Shimoliy Amerika,Yevropa mintaqalari yetakchi hisoblansa, davlatlar orasida AQSH (914,6 milliard m³),Rossiya (638,5 milliard m³),Eron(250,8 milliard m³),Xitoy(194,0 milliard m³) Qatar(171,3 milliard m³) peshqadamlik qiladi. Jahonning 30 taga yaqin davlatlarida suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi. Qatar,Avstraliya,Malayziya kabi davlatlar ular orasida yetakchilik qiladi. Yaponiya,Xitoy,Koreya Respublikasi suyultirilgan gazning asosiy isteʼmolchilaridir[1].

Koʻmir sanoati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻmir sanoati.Qoʻngʻir va toshkoʻmir asosan elektr stansiyalarida yoqilgʻi sifatida, qora metallurgiya va kimyo sanoatlarida foydalaniladi. Eʼtiborlisi shundaki, qazib chiqarilayotgan koʻmir asosan oʻsha davlatlarning oʻzida isteʼmol qilinadi, eksportga esa ancha kam qismi chiqariladi. Ishlab chiqarishda neft va tabiiy gazdan keng miqyosda foyldalanish koʻmirga boʻlgan talabning kamayishiga sabab boʻldi. Koʻmirning aniqlangan zaxiralari 1074,0 milliard tonnani tashkil etgan holda, jahon boʻyicha yillik qazib olish miqdori 7,7 milliard tonnaga teng(2020-yil).Qazib olingan koʻmirning 50%i Xitoy (3,9 milliard t) hissasiga toʻgʻri keladi. Hindiston(756,5 milliard t), Indoneziya(562,5 milliard t) AQSH(484,7 million t),Avstraliya(476,7 million t) kabi davlatlar ham shu soha peshqadamlari hisoblanadi. Jahon mintaqalari orasida koʻmir qazib olish hajmi Osiyo, Shimoliy Amerika va Avstraliyada yuqori.

Elektr energetika sanoati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elektr energetika sanoati. Jahonda 2023-yil taxminan (30 trln kW•h) elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Xitoy (8,7 trln kW•h), AQSH(4,8 trln kW•h), Hindiston(2,8 trln kW•h), Rossiya(1,4 trln kW•h) Yaponiya(1,2 trln kW•h) kabi davlatlar eng koʻp elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda anʼanaviy(issiqlik, gidro va atom elektr stansiyalari) yoʻnalishlar ulushi deyarli 99% ni tashkil etadi. Muqobil energiya manbalarining(quyosh, shamol, suv qalqishi, geyzerlardan olinadigan energiya) salmogʻi esa ancha past.

Issiqlik elektr energetikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Issiqlik elektr energetikasi elektr energetika sanoatining yetakchi tarmogʻi hisoblanib, koʻmir, gaz va neft hamda ularning qoldiqlari asosida issiq bugʻ va elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Niderlandiya(97%) JAR(91%), Polsha(87%), Ruminiya(83%), Meksika(82%) kabi davlatlarida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining asosiy qismi IESlarga toʻgʻri keladi. Tuoketuo-6,7 GVt quvvatga ega Datang Tuoketuo elektr stantsiyasi [2]Xitoyning Ichki Moʻgʻuliston avtonom viloyatida joylashgan.

Dastlab, koʻmirga asoslangan elektr stantsiyasi 2003-2006 yillarda ishga tushirilgan 600 megavatt (MVt) sakkiz blokdan iborat boʻlsa, 2011 yilda ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun 300 MVt quvvatga ega ikkita qoʻshimcha qurilma oʻrnatildi.

2017-yilda umumiy quvvati 1320 MVt boʻlgan yana ikkita blok qoʻshilishi bilan stansiya quvvati yana oshirildi.

Yoqilgʻi zavoddan 50 km uzoqlikda joylashgan Jungʻor koʻmir konidan olinadi.[3]

Tuoketuo
Mamlakat  Xitoy
Joylashuvi Togtoh okrugi,Xoxhot,Ichki Mog'uliston
Egasi Tuoketuo energiya kompaniyasi.
Asosiy tavsifi
Yillik issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishi 33,317 TVt/soat
Uskunalar tavsifi
Asosiy yoqilgʻi Birlamchi yoqilg'i- Ko'mir
Xarita

Tayjun (Xitoy), Surget GERS-2 (Rossiya) jahondagi eng yirik IESlar hisoblanadi.

Gidro elektr energetika

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gidro elektr energetika suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirishga tayanadi. GESlar asosan suvi koʻp boʻlgan togʻ daryolariga, vodiylarning toraygan joylariga quriladi. Norvegiya(99%), Braziliya(92%), Albaniya(90%), Kolumbiya(70%) kabi davlatlarda elektr energiyasining asosiy qismi GESlarda ishlab chiqariladi.

Atom elektro stansiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atom elektro stansiyasi sanoati elektr energetikaning fan-texnika inqilobi davrida vujudga kelgan, murakkab texnologik jarayonlarni oʻzida mujassamlashtirgan tarmogʻi hisoblanadi.

  1. 📗Geografiya [Matn]: 10-sinf uchun darslik / V. Fedorko [va boshq.].. 
  2. „Dunyodagi eng yirik beshta ko'mir elektr stantsiyalari“ (5-may 2021-yil). Qaraldi: 4-sentabr 2023-yil.
  3. „Tuoketuo“ (22-avgust 2020-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2023-yil.