Jaap Haartsen
Jaap Haartsen | |
---|---|
Tavalludi |
13-fevral 1963-yil |
Fuqaroligi | Niderlandlar |
Jaap Haartsen (talaffuzi: Yap Xartsen; 13-fevral, 1963[1]) „Bluetooth“ qurilmasini ixtiro qilgan muhandis.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eriksson zavodida mehnat qiladigan Yaap Xartsenni blyutusning otasi, deb atashadi. Aynan Xartsen uni ixtiro qilgan. Ilk marta blyutus 1994-yili paydo boʻldi. Yangilik tez sur’atlar bilan ishlab chiqarishga joriy etildi. Bugungi kunda avtomobil, kompyuter, smartfonlarni blyutussiz tasavvur qilish qiyin. Maʼlumotlarga koʻra, ikki yil avval butun jahonda blyutus oʻrnatilgan 2 milliardga yaqin qurilma sotilgan. Har yili ushbu mahsulotlarni sotish miqdori 35 foizga ortishini qoʻshimcha qilish joiz. Ixtiro qilinganidan buyon uning koʻrinishi va oʻlchamlari takomillashib bordi. Bu oʻrinda „Vay-fay“ tizimi undan nimasi bilan farq qiladi, degan savol ham vujudga kelishi tabiiy. Taʼbiri joiz boʻlsa, ular yaqin qarindosh hisoblanadi. Garchi vay-fay va blyutus bir xil spektrga ega boʻlgan toʻlqin tarqatgichdan foydalansa ham ular bir-biri bilan munosabatga kirisha olmaydilar. Noutbuk, smartfonlarga blyutus ham, „Vay-fay“ tizimi ham oʻrnatiladi. Lekin ular turli jabhada qoʻllanadi. „Vay-fay“ internet tarmogʻiga ulanish, maʼlumotlarni qidirish uchun xizmat qiladi. Blyutus esa klaviatura, musiqani tinglash kabi vazifalarni bajaradi. Blyutus nomi qiziq tarixga ega. X asrda Daniya qiroli boʻlgan Harald I „Garold koʻk tish“ laqabiga ega edi. Ushbu qirol butun Skandinaviyani birlashtirishga muvaffaq boʻlgandi. Ayni paytda esa blyutus koʻplab elektron qurilmalarni oʻzaro bogʻlash imkoniyatiga egadir. Boz ustiga foydalanuvchilar uning yordamida maʼlumotlar ham almashadilar. 49 yoshli Yaap Xartsen esa muhandis maʼlumotiga ega boʻlib, butun umrini elektronika sohasiga bagʻishlagan. Uning nomzodi Evropada yilning eng yaxshi ixtirochisi tanloviga qoʻyilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Haartsen, Jacobus Cornelis „Programmable surface acoustic wave detection in silicon: design of programmable filters“ (PDF). TU Delft. 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-avgust.