Ivanna Klimpush-Sinsadze
Ivanna Orestovna Klimpush-Sinsadze | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
---|---|
Tavalludi |
5-iyul 1972-yil Kiyev, Ukraina SSR, SSSR |
Turmush oʻrtogʻi | Archil Vladimirovich Sinsadze |
Bolalari | Solomiya va Melaniya |
Otasi | Orest Dmitrovcih Klimpush |
Taʼlim | Mixail Draxomanov nomidagi Milliy pedagogika universiteti, Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining xalqaro munosabatlar instituti |
Kasbi | defektolog-logoped, siyosatchi |
Faoliyati | siyosat |
Imzosi |
Ivanna Orestovna Klimpush-Sinsadze (ukraincha: Іванна Орестівна Климпуш-Цинцадзе; 5-iyul 1972-yil, Kiyev) — ukrainalik siyosatchi, jamoat arbobi, Ukraina xalq deputati (2019 va 2014—2016-yillar). 2016-yil 14-apreldan 2019-yil 29-avgustgacha Ukraina bosh vazirining Yevropa va Yevro-Atlantika integratsiyasi boʻyicha oʻrinbosari. VIII chaqiriq Ukraina xalq deputati (2014—2016).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaroslava va Orest Klimpushning qizi. Bolaligida jurnalist boʻlishni xohlagan, lekin onasining talabi bilan defektolog-logoped sohasiga oʻqishga kiradi[1]. 1991—1993-yillarda Starokievskiy tumani bolalar hududiy tibbiyot birlashmasi nutq terapevti. 1992-yilda Garvard universiteti (AQSh) Garvard Ukraina tadqiqot institutining yozgi maktabida malaka oshirgan. 1994-yilda Mixail Draxomanov nomidagi Milliy pedagogika universitetini defektologiya va logopediya mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1993—1994-yillarda Montana state universitetida (AQSh) xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq yoʻnalishida tahsil olgan. 1994—1999-yillarda Ukraina mustaqil siyosiy tadqiqotlar markazi nodavlat tashkiloti loyiha menejeri, xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi. 1997-yilda Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining xalqaro munosabatlar institutini xalqaro munosabatlar mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Xalqaro munosabatlar boʻyicha bakalavr darajasini, 1998-yilda esa xalqaro munosabatlar boʻyicha magistr darajasini olgan. 1999—2002-yillarda Sharq-Gʻarb institutining Kiyev markazida loyiha menejeri. 2001—2002-yillarda Sharq-Gʻarb institutining Kiyev markazi direktori vazifasini bajaruvchi. 2002—2007-yillarda BBC radiosining AQShdagi (Vashington) va Kavkazdagi (Tbilisi) Ukraina xizmati muxbiri. 2007—2009-yillarda „Ukraina xalqaro hamkorligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi“ („Fond Otkroy Ukrainu“) xalqaro xayriya tashkilotining dasturlar boʻyicha direktor oʻrinbosari. 2009—2011-yillarda „Ukraina xalqaro hamkorligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi“ xalqaro xayriya tashkiloti („Fond Otkroy Ukrainu“) direktori boʻlib ishlagan. 2011-yildan Yalta Yevropa strategiyasi xayriya tashkilotining direktori. „Ukraina media markazi“ jamoat tashkiloti („Ukraina inqirozi media markazi“), „Aspen-Ukraina bitiruvchilari assotsiatsiyasi“ jamoat birlashmasi boshqaruvi aʼzosi; „Iqtisodiy tadqiqotlar va siyosiy maslahatlar instituti“ nodavlat notijorat tashkiloti va „Ukraina davlat siyosati instituti“ NNT kuzatuv kengashlari aʼzosi. „Chernomorskiy region: sotrudnichestvo i bezopasnost“ kitobining hammuallifi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eri Archil Sinsadze, Solomiya va Melaniya ismli qizlari bor[1].
Siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]VIII chaqiriq Oliy radaga saylovlarda (2014) Petro Poroshenko blokining „Solidarnost“ partiyasidan 61-raqam bilan parlamentga kiradi. 2014-yil 27-noyabrdan 2016-yil 14-aprelgacha xalq deputati boʻlgan. Ukraina Oliy radasining xalqaro aloqalar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Ukrainaning NATO Parlament assambleyasidagi doimiy delegatsiyasi raisi boʻlgan. 2016-yil 14-aprelda Ukraina Oliy radasi Ukraina Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibini tayinlaydi, unda Klimpush-Sinsadze bosh vazirning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha oʻrinbosari lavozimini egallaydi. 2016-yil 18-aprelda Ukraina Vazirlar Mahkamasi bosh vazirning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha oʻrinbosari Ivanna Klimpush-Sinsadzeni Ukrainaning xalqaro munosabatlari va Yevropa integratsiyasi uchun masʼul etib tayinlaydi[2]. 2018-yilning 1-noyabrida Ukrainaning 322 fuqarosiga, jumladan Klimpush-Sinsadzega nisbatan Rossiya sanksiyalari joriy etiladi[3]. 2019-yilgi navbatdan tashqari parlament saylovlarida „Yevropeyskaya solidarnost“ („Yevropa birdamligi“) partiyasidan ishtirok etgan (partiyaviy roʻyxatda 10-oʻrin[4]). 2019-yil 29-avgust kuni Ukraina Oliy radasi Groysman hukumatini isteʼfoga chiqaradi va Ivanna Klimpush-Sinsadze esa bosh vazir oʻrinbosari lavozimini tark etadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Стратеги и бизнесвумен. 100 самых влиятельных женщин“. 2020-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-mart.
- ↑ postanovlenie KMU № 296 ot 18.04.2016
- ↑ „Помідори Фірташа, Ярош і син Порошенка: проти кого Росія запровадила санкції“ (uk). Би-би-си (2018-yil 1-noyabr). 2018-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-noyabr.
- ↑ „Европейская солидарность назвала 50 кандидатов из своего списка“. LIGA.net (2019-yil 13-iyun). 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.